3-laboratoriya mashg‘uloti

Mavzu: “Hujayra” mavzusini o‘rganish metodikasi. Anatomik mazmundagi darslar.
Laboratoriya mashg‘ulotining maqsadi:
Talabalarni “Hujayra” mavzusini o‘rganish metodikasi, anatomik mazmundagi darslarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish;

Mashg‘ulot davomida talaba: 

  1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-6-sinflari uchun botanikadan tuzilgan o‘quv dasturi va darsliklarini tahlil qilish asosida ularni  muayyan mazmundagi darslarga ajratishni;
  2. “Hujayra” mavzusini o‘rganishi va anatomik mazmundagi darslarning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi;
  3. Boblar tarkibidan o‘rin olgan mavzular muayyan darslar tizimi ekanligini anglashi;
  4. Anatomik mazmundagi darslarda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, faollashtirish va boshqarish ko‘nikmalarini;
  5. Anatomik mazmundagi darslarda ta’lim mazmuni, metodlari va vositalaridan uyg‘un ravishda foydalanish ko‘nikmalarini egallashi lozim.

Zarur jihozlar va qurollar: “Botanika” darsligi, “O‘simlik hujayrasi”                  

jadvali, vaqtinchalik mikropreparat  tayyorlash uchun kerakli jihozlar

 Laboratoriya mashg‘ulotida foydalaniladigan texnologiya:

Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash metodi.

Laboratoriya mashg‘ulotining borishi:

1. Tashkiliy qism.

2. Talabalarni laboratoriya mashg‘ulotining maqsadi, borishi, mustaqil 

   bajariladigan o‘quv topshiriqlari bilan tanishtirish.

3. “Hujayra” bobidagi mavzularni tahlil qilish.

4. “Hujayra” bobi uchun mavzuli-reja tuzish.

5. “O‘simlik hujayrasining xilma-xilligi” mavzusi bo‘yicha dars 

   ishlanmasini loyihalash.

6. “Piyoz po‘sti hujayrasini mikroskopda ko‘rish” laboratoriya

   mashg‘ulotini o‘tkazish metodikasi

Botanika darslarida o‘quvchilarni o‘simliklarning xilma-xilligi, tashqi va ichki tuzilishi, organlari ularda boradigan hayotiy jarayonlar, sistematik guruhlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishti­ri­la­di. Shunga ko‘ra har bir darsda o‘quvchilarda morfologik, anatomik, fiziologik, ekologik, sistematik, evolyusion, genetik tushunchalar bir-biri bilan uyg‘un ravishda tarkib toptiriladi.

Agar mavzularning mazmuni tahlil etilsa, ularda bu tushunchalar teng qiymatda emasligi, qaysidir tushuncha ustunligi va qolgan tushunchalar ularga bog‘liq holda tarkib toptirilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Anatomik mazmundagi darslarda asosan o‘simlik organlarining ichki tuzilishi, hujayraning o‘ziga xos tuzilishi, organoidlari va ularning vazifalari, to‘qimalar haqidagi ma’lumotlar asosiy o‘rinni egallaydi.

5-sinf “Botanika” o‘quv kursi dasturidan o‘rin olgan “Hujayra” bobi anatomik mazmundagi darslar sirasiga misol bo‘ladi. O‘quv dasturida “Hujayra” bobini o‘rganish uchun 7 soat vaqt, shundan 2 soati laboratoriya mashg‘uloti uchun ajratilgan.

Quyidagi jadvaldan foydalanib “Hujayra” bobi bo‘yicha mavzuli-reja tuzish tavsiya etiladi.

Dars №Darsning mavzu­­- si, asosiy tushuncha­larO‘rganila­digan masalalarKo‘rgaz­ma vosi­talariDarsdan tashqari ishlarUy vazi­fasi
5     
6     
7     
8     
9     
10     
11     

Biologiya o‘qituvchisi mavzuli-reja asosida mavzular bo‘yicha dars ishlanmalarini loyihalaydi.

TALABALARNING MUSTAQIL IShLARI UChUN O‘QUV TOPShIRIQLARI   

O‘FE O‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun o‘quv topshiriqlariTopshiriqni bajarish bo‘yi­cha ko‘rsatmalar
1-O‘FEMaqsad: “Hujayra” bobini tahlil qilish. 1. 5-sinf “Botanika” darsligidagi “Hujay­ra” bobini tahlil qiling. Undan qanday mavzular o‘rin olgan. 2. “Hujayra” bobini o‘rganish uchun mavzuli-reja tuzing. 3. Har bir mavzuda qaysi tushunchalar ustun ekanligini aniqlang. 4. Anatomik mazmundagi darslarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.Kichik guruh a’zo­lari bilan hamkorlikda ishlang, savol-javobda faol ishtirok eting
2-O‘FEMaqsad: Anatomik mazmundagi dars ish­lan­masini loyihalashni o‘rganish. 1. “O‘simlik hujayralarining xilma-xil­li­gi” mavzusi bo‘yicha dars ishlanma­si­ni loyihalang. 2. Darsning borishi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo‘llarini belgilang.Kichik guruh a’zo­lari bilan hamkor­lik­da ishlang, savol-javobda faol ishtirok eting
3-O‘FEMaqsad: “Piyoz po‘sti hujayrasini mikroskopda ko‘rish” laboratoriya mashg‘ulotini o‘tkazishni o‘rganish 1. Darslikdan mazkur laboratoriya mashg‘ulotini o‘tkazish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmani ko‘rib chiqing.  Ushbu labo­ra­toriya mashg‘ulotini o‘tka­zish uchun o‘qituvchi nimalarga e’tiborini qaratishi lozimligini aniqlang. 3. Mazkur laboratoriya ishini bajaring. O‘quvchilarda qanday ko‘nikmalar tarkib toptirilishini aniqlang.Kichik guruh a’zo­lari bilan hamkor­lik­da ishlang, savol-javobda faol ishtirok eting
4-O‘FEMaqsad: “Botanika” o‘quv fanidagi anatomik mazmundagi darslarni aniqlash. 1. “Botanika” darsligidagi anatomik mazmundagi darslarni aniqlang. 2. Ushbu mavzularda anatomik tushunchalar qanday rivojlantirilishini aniqlang va 1-jadvalni to‘ldiring.Kichik guruh a’zo­lari bilan hamkor­lik­da ishlang, savol-javobda faol ishtirok eting

1-jadval

Bob va mavzularHujayra tuzilishidagi o‘ziga xos xususiyatlarO‘simlik to‘qimalari­da­gi o‘ziga xos xususiyat­lar
Ildiz  
Poya  
Barg  

Uyga vazifa

1. “Ildiz” bobini tahlil qiling va quyidagi jadvalni to‘ldiring.

“Ildiz” bobining tahlili

MavzuMorfolo­gik tushunchaAnatomik  tushunchaFizilo­gik   tushunchaSistematik  tushunchaEkolo­gik  tushuncha