I-modul: Fanning maqsad va vazifalari va rivojlanish tarixi
1-mavzu: Kirish. Biologiya oʻqitish metodikasining maqsadi, vazifalari, oʻrganish obekti
KEYS TOPSHIRIG`I
1-Keys. Biologiya fanidan 2016-2017 o`quv-yili yakuni bo`yicha o`tkazilgan ta`lim sifati monitoringi natijlariga ko`ra 9-sinf o`quvchilari bilimida Nuklein kislotalar mavzusi bo`yicha bo`shliqlar aniqlagan.
Savol:
1. Qaysi omillarga asosan ushbu bo`shliqlar paydo bo`ldi?
2. Ushbu bo`shliqlarni qanday bartaraf qilish mumkin?
TALABALAR UCHUN KO`RSATMA
1. Keys moxiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillar va manbalarni aniqlang.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko`proq daxldor bo`lgan omilni ajrating.
4. Ushbu omillar asosida yechimni asoslashga xarakat qiling.
5. O`z fikringizni bayon eting.
KEYSNI YECHISH JARAYONI:
1. Talabalar keys moxiyatinii u bilan tanishish kichik guruxda muxakama qilinadi.
2. Talabalar kichik gurux a`zolari bilan xamkorlikda muammoni xal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni va manbalarni aniqlaydilar.
3. Muamoni xal etishda dastlab o`quvchilarda bo`shliqlarni kelib chiqish sabablarini aniqlang va tizimlashtiring
4. Ushbu bo`shliqlarni to`ldirish asosiy yo`larini aniqlang.
5. Bo`shliqlarni to`ldirish yuzasidan berilgan fikrlar taxlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.
2-mavzu: Uzluksiz ta’lim tizimida biologik ta’limning roli.
KEYS TOPSHIRIG`I
1-Keys: Toshbaqalar — uzoq umr kо‘ruvchilar Olimlarning taxmin qilishlari-cha, toshbaqalar umrining davomiyligi 200-300 yilga teng. Masalan, Argentinada, Santa-Krus orolida Charlz Darvin о‘sha yerga borganda dunyoga kelgan toshbaqa yashaydi. Uning og‘irligi 300 kilogramm va uzunligi 70 santimetrga yetadi. Toshbaqalarning yoshini uning kosasi (qalqoni)dagi qalqonchalar sonidan bilsa bо‘ladi.
1-savol О‘simliklar va hayvonot olamining boshqa vakillari yoshini qanday aniqlash mumkin? Misollar keltiring. _________________________________________________________________ _________________________________________________________________
2-savol Toshbaqalarning hozirgi kunda ham sayyoramizda yashashiga qaysi sharoitlar imkon bermoqda? A. toshbaqalarning vazni juda ham katta V. Toshbaqalar quruqlikda juda harakatchan S. Yer sayyorasining 70% maydoni suv bilan qoplangan D. Toshbaqalar – evolyusiya jarayonining tarmog‘i
3-savol. Charlz Darvin kо‘rgan toshbaqa qanday turkumga mansub? Rasmni о‘rganib javob bering
4-savol. Mazkur keys topshirig‘ida biologik ta’limnig yaxlitligi qanday ta’minlangan.
Espanyolda — Galapagos orollarining eng janubiysida uchraydigan Chelonoidis hoodensis turiga mansub.
3-mavzu: Sharqning uygʻonish davri va unda ta’lim-tarbiya masalalarining rivojlantirilishi. Jadidlar maktabida tabiatshunoslikni oʻqitishning oʻziga xos xususiyatlari
KEYS TOPSHIRIG`I
1-Keys. Mamlakatimizda biologiya ta’limini hozirgi darajada rvojlanishiga turli omillar sabab bo`lgan. Jumladan, sharq va g`arb mutaffakkirlarinining, dunyo va o`zbekistonlik olimlarining ilmiy meroslari, ta’limda umumbashariy va milliy qadriyatlarning qo`llanilishi, nazariya-tajriba-amaliyotning uzviy rivojlantirilishi bunga misoldir.
Savol:
- Qaysi olimlarni bunga qo`shimcha qilish mumkin?
- Bizning mamlakatimizda jadidchilik harakati yuzaga kelmaganda, ta’lim tizimidagi holat qanday bo`lishi mumkin edi?
- Ta’limni mutloq darajada rivojlanishi uchun to`laligicha g`arb pedagogikasini qo`llasak maqsadga muvofiq bo`ladimi?
- Ta’limni takomillashtirishda milliy qadriyatlardan voz kechsak ta’lim samaradorligiga qanday ta’sir ko`rsatadi deb o`ylaysiz?
- Bu omillar ta’lim prinsiplarida qanday tarzda o`z ifodasini topgan? Izohlab tushuntiring.
TALABALAR UCHUN KO`RSATMA
1. Keys moxiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillar va manbalarni aniqlang.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko`proq daxldor bo`lgan omilni ajrating.
4. Ushbu omillar asosida yechimni asoslashga xarakat qiling.
5. O`z fikringizni bayon eting.
KEYSNI YECHISH JARAYONI:
1. Talabalar keys moxiyatinii u bilan tanishish kichik guruxda muxakama qilinadi.
2. Talabalar kichik gurux a`zolari bilan xamkorlikda muammoni xal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni va manbalarni aniqlaydilar.
3. Prinsiplarni mazmunini aniqlashda omillar ta’sirini aniqlang va tizimlashtiring
4. Ushbu prinsiplarga qay darajada amal qilish yo`larini aniqlang.
5. Savollar yuzasidan berilgan fikrlar taxlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.
Keys uchun matn.
“1917 yildan boshlab tabiiyotshunoslik fani biologiya fani deb atala boshlandi.
Bu davrda Moskva va Peterburg metodistlari biologiya o`qitish saviyasini oshirish, uning ta`lim va tarbiyaviy ahamiyatini ochib berishga xarakat qildilar. 1920-1930 yillar mobaynida biologiya o`qitishning asosiy muammosi bo`lib nazariya va amaliyotning birligini joriy etish hisoblanadi. Buni amalga oshirish uchun bilimlar va ko`nikmalar ya`ni o`quv materiali o`quv fanlarga taqsimlanmay, balki yil fasllarini e`tiborga olib dolzarb mavzularga, masalan «Tabiat», «Qishloq bilan shaharning bog`liqligi», «Yerdagi hayot va hayotiy jarayonlarning fizik-ximik asoslari», «Ekish va o`simliklarni parvarishlash» kabi mavzularga taqsimlangan edi. Bunday kompleks dasturlar tabiiy ravishda o`quvchilarga sistemali bilim bera olmas edi, shunga ko`ra o`quv materialini laboratoriya metodi asosida o`rganish targ`ib qilina boshlandi. Natijada o`quvchilar sinf darslari o`rniga tabiatni kuzatish, tajriba o`tkazish bilan shug`ullana boshladilar. Laboratoriya metodi o`quv dasturining asosiy maqsadi mehnat, tabiat va jamiyat kompleksni o`rganishdan iborat bo`lgan. Bu kompleks o`quv dasturlari maktablarda o`qitiladigan o`quv fanlari orasidagi to`siqni bartaraf qilishga qaratilgan edi. Lekin bunday kompleks o`quv dasturlari o`quvchilarga sistemali bilimlar bera olmasligi tezda ma`lum bo`lib qoldi. Shuning uchun 1931 yildan boshlab xukumat qarori bilan boshlang`ich va o`rta maktab isloh qilindi va ta`lim berishning asosiy tashkiliy shakli dars bo`lishi lozimligi o`qtirildi. Shu paytdan boshlab maktablarda botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, fiziologiyasi, darvinizm o`quv fanlari maktab rejasiga kiritildi va ana shu o`quv fanlar bo`yicha o`quv dasturlari va darsliklari yaratildi, hamda maktab hayotiga joriy etildi”.
Savol:
1. Tabiatshunoslik fani biologiya deb atalishiga asosiy sabab nima bо‘ldi?
2. 1920-1930 yillar mobaynida biologiya o`qitishning asosiy muammosi bo`lib nazariya va amaliyotning birligini joriy etishdagi asosiy hatolik nimada edi?
3. Hozirgi kunda biologiya ta’limi mazmuni bilan DTS, fan dasturiga mosligini aniqlang.
5-mavzu: Biologiya o’qitish metodikasining rivojlanish tarixi.
KEYS TOPSHIRIG`I
1-Keys. Salimada gultuvakda xona о‘simligi о‘sadi. U suvning о‘simlikka, undan havoga о‘tishini kо‘rsatadigan tajriba qо‘ymoqchi. Quyida keltirilgan qaysi tajribalar yordamida buni kо‘rsatish mumkin?
- gultuvak tagida turgan idishga suv quyilsa, suv ma’lum vaqt о‘tgach, yо‘qoladi.
- о‘simlikning bitta novdasini polietilen paket bilan yopilsa, ma’lum vaqtdan keyin paketda suv tomchilari paydo bо‘ladi о‘simlikning kesib olingan novdasini polietilen paketga joylashtiriladi, paketda suv paydo bо‘ladi
- Kesilgan novdani idishdagi rangli suvga solinadi; barglar rangini о‘zgartiradi