Fiziologiya ta'lim resurslari
Biz haqimizda...
Fiziologiya fanining vazifasi o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to‘qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini aniqlashdir. Fiziologiya fani fiziologik jarayonlarni o‘zaro munosabatlari va ular o‘rtasida bog‘lanish sabablarini aniqlab beradi. Shu bilan birga yuksak darajada tuzilgan materiya, ya’ni bosh miya po‘stlog‘ining organlar va umuman butun organizm faoliyatida etakchi ro’l o‘ynashini tushunib olishga yordam beradi.
O’sib rivojlanib kelayotgan bola organizmining turli davrlarida, har-xil organ va tizimlarning faoliyati bir qator o‘ziga xos xususiyatlar bilan harakterlanadi.O‘qituvchi bolalar va o‘smirlarning anatomo-fiziologik xususiyatlarini o‘rgangan ekan, ayrim tizim va organlarining (suyak-muskul, nafas olish organlari, qon aylanishi, nerv tizimi, sezgi organlari, oshqozon ichak trakti, ichki sekretsiya bezlari, teri, ayiruv organlari) tuzilishi xususiyatlarini hamda ularning faoliyatlarini va gigiyenasi bilan tanishadi. Uyqu va aqliy mehnatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilish uchun nerv tizimining ishlash qonuniyatlarini bilish ayniqsa muhimdir.
Fiziologiya so‘zi yunoncha phizis – tabiat, logos – ta’limot, fan ma’nolarini anglatuvchi tushuncha bo‘lib, shunga ko‘ra unga dastlab tabiat haqidagi fan deb qaralgan. Uzoq vaqtlar davomida fiziologiya tibbiyot talablari bilan bog‘liq holda rivojlangan.
Fiziologiya fanining predmeti.
Fiziologiya tirik organizm, undagi a’zolar, to‘qimalar, hujayralar va hujayra tarkibiy elementlarining haѐt faoliyati (funksiyasi) jarayonlarini, organizmning tashqi muhit bilan munosabatini o‘rganadi.
Fiziologiya funksiyalarning turda va individda rivojlanishini, ularning doimo o‘zgaruvchan tashqi sharoitiga moslanishini o‘rganadi.Funksiyalarni chuqur o‘rganish va shu tariqa faol ta’sir ko‘rsatib, ularni zaruriy tomonga yo‘naltirish fiziologiyaning asosiy maqsadidir. Fiziologiya mustaqil bo‘lgan, bir biri bilan bog‘langan bir qancha fanlarga bo‘linadi. Fiziologiyani avvalo umumiy va hususiy solishtirma va evolyusion, shuningdek, ixtisoslashgan (ѐki amaliy) va odam fiziologiyalariga bo‘lish mumkin. Umumiy fiziologiya – muhit ta’siriga tirik organizm javob berishining umumiy qonunlarini, har bir organizmga xos bo‘lgan hayotiy jarayonlarni o‘rganadi.
Xususiy fiziologiya –to‘qimalar (muskul, nerv va b.), a’zolar (miya, yurak, buyrak va b.), tizimlar (hazm, qon aylanish, nafas va b.) funksiyasini o‘rganadi. Solishtirma fiziologiya –har xil turlarga mansub bo‘lgan organizmlar va individual rivojlanishning turli bosqichlarida turgan bir turga mansub organizmlar funksiyasining o‘ziga xosligini o‘rganadi. Evolyusion fiziologiya –funksiyalarni tur va individda rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
Ixtisoslashgan (yoki amaliy) fiziologiya ixtisosiga, bajarayotgan ishiga yoki yashayotgan muhitiga qarab organizm funksiyalarini o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganadi. Odam fiziologiyasi – amaliy tibbiyotning nazariy asosi hisoblanadi, fiziologik jarayonlarning normal holatini bilgandagina kasallikni davolashda organizm faoliyatining dastlabki holatiga qaytara olishi mumkin.
FIZIOLOGIYA
Dars ishlanmalari
Bizning manzil
- Toshkent shahar, Chilonzor tumani 20 a-63-55
- +99893 574 67 71
- +99871 217 14 24
- noreplay.mainoffice@co.uz
Muallif:
Xayrullayeva Nodira Dilshod qizi
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti,
Fiziologiya va patologiya kafedrasi