1-mavzu: Kirish.
Oʻzbekiston Respublikasi “Тa’lim toʻgʻrisida”gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning ilmiy nazariy asosi. Biologiya o‘qitish metodikasi fan va o‘quv fani sifatida. Biologiya oʻqitish metodikasining maqsadi, vazifalari, oʻrganish obyekti va tadqiqot metodlari, muammolari.
- Biоlоgiya fаni bilаn biоlоgiya o`qitish mеtоdikаsi оrаsidаgi tаfоvutni yoritib bеring. Venn diagramvasi asosida.
2. Biоlоgiya o`qitish mеtоdikаsining bоshqа fаnlаr bilаn bоg`liqligini “Klaster” usuli orqali aniqlang.
2-mavzu: Uzluksiz ta’lim tizimida biologik ta’limning roli.
Biologik bilimlarning inson hayotidagi, ilmiy-texnik yuksalish, tabiat boyliklarini saqlash va undan samarali foydalanishda, muhofaza qilishdagi ahamiyati. Oʻquvchilarning biologiyadan DТS va oʻquv dasturlari me’yorlarida asosiy biologik tushunchalar, yetakchi gʻoyalar, ilmiy dalillar, qonunlar, ilmiy bilish usullari, organik olamning manzarasini shakllantirishga oid biologik bilimlar, koʻnikma va malakalar bilan qurollantirish
- Biologik ta’limning politexnik va tarbiyaviy rolini “Venn diagrammasi” asosida o`zaro taqqoslab tushuntiring.
3-mavzu: Sharqning uygʻonish davri va unda ta’lim-tarbiya masalalarining rivojlantirilishi. Jadidlar maktabida tabiatshunoslikni oʻqitishning oʻziga xos xususiyatlari
Jadidlar maktabida tabiatshunoslikni oʻqitishning oʻziga xos xususiyatlari. VII-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos rivojlana bordi. Ayniqsa aniq fanlarga qiziqishlar keskin orta boshladi. Oʻsha tarixiy davrda Al-Хorazmiy, Farobiy, Fargʻoniy, Beruniy, Ibn Sino kabi olimlar dunyoga keldi. Ular ta’sirida dunyoviy ilmlar rivojlandi. Oʻsha ulugʻ mutafakkirlar inson madaniy-ma’rifiy qarashlarini oʻstirishda oʻz davrida va keyinchalik ham asosiy rol oʻynaydilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotni oʻqitish yuzasidan fikrlari.
Топшириқ.
1. “Шарқ алломалари”нинг биология таълимидаги ўрни мавзусида Кластер тузинг.
2. Жадидларнинг қахрамонликлари ҳақида эссе ёзинг.
4-mavzu: Biologiya oʻqitish metodikasining rivojlanish tarixi
Biologiyani oʻqitishni rivojlantirishga hissa qoʻshgan jahon metodistlarini ilgʻor gʻoyalari V. Zuyev, A. Gerdlarning ishlari.
XX asrda biologiya oʻqitish metodikasining holati V.Polovsev, B.Raykov, B.Vsesvyatskiy, N.Verzilin, Navikov, E.Brunovt,D.I. Zverev, I.M. Melnikov, A.N. Myagkovalarning ishlari.
Топшириқ
ХХ аsrdа biоlоgiya o`qitish mеtоdikаsini rivojlanishiga hissa qo`shgan olimlarning ishlarini интернет маълумотлари ва энсиклопедиялардан ўрганинг ва қуйидаги
т/р | Педагог олимлар | Педагогика ва методикага қўшган ҳиссаси |
5-mavzu: Oʻzbekistonda biologiya oʻqitish metodikasining rivojlanishi.
Vatanimizda tabiiy fanlarni oʻqitishni takomillashtirishga hissa qoʻshgan olimlar: Ye.M.Belskaya, Т.I.Isxakov, A.Т.Gʻofurov, A.Ye.Suxarev, R.A.Gurova, G.S.Noga, S.K.Хabirova, A.Qodirov, M.M.Mahkamovlarning ishlari.
Topshiriq: Hozirgi kunda bilogiya o`qitish metodikasi va ta’lim sohasiga tegishli ilmiy ishlar, maqolalarni tahlil qilish va “Biologiyni o`qitish metodikasining istiqboli” mavzusida esse yozing.