4-modul: Biologik ta’lim mazmuni

11-mavzu: Biologik ta’lim mazmunining tarkibiy qismlarini

shakllantirish yoʻllari

KEYS TOPSHIRIG`I

1-Keys. Ta’lim mazmunini modernizatsiyalashning istiqbolli maqsadi o’quv jarayoning sifatini taminlash, ijtimoiy jihatdan rivojlangan yuksak ma’nayiyatli shaxsni kamol toptirishdan iborat. O’quvchilarning pedagogik qo’llab-quvvatlash natijasida ular duch keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish imkoniyati vujudga keladi. Shu bilan bir qatorda, o’quvchilarni muaffaqiyatli ijtimoiylashtirish, ularning salomatliklari hamda huquqlarini muhofaza qilish va himoya jarayoni tezlashadi. Ta’lim mazmunini modernizatsiyalashning muhim vazifalaridan biri  uning sifatini taminlashga erishish  o’quv jarayonini indiyiduallashtirish va tabaqalashtirishni nazarda tutadi.  Shunga  muvoiq ko`pgia maktablarda  tabaqalashtirib o`qitish  boshlandi. Bu esa o`z samarasini bera  boshladi. Lekin tabaqalashtirilgan sinflardagi o`quvchiarning o`zlashtirish darajasi rejada belgilangandek ko`rsatkichga  erishmadi va muayyan muammolarni kelib chiqishiga  sabab bo`ldi.

Savol:

  1. Nima uchun tabaqalashtirilgan sinflardagi o`quvchiarning o`zlashtirish darajasi rejada belgilangandek ko`rsatkichga  erishmadi?
  2. Bunga  asosiy  sabab, omil nima deb o`ylaysiz?
  3. Qanday muammolar  kelib chiqqan bo`lishi  mumkin?
  4. Ushbu muammolarni qanday bartaraf qilish mumkin?

TALABALAR UCHUN KO`RSATMA

1. Keys moxiyatini yetarlicha anglab oling.

2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillar va manbalarni aniqlang.

3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko`proq daxldor bo`lgan omilni ajrating.

4. Ushbu omillar asosida yechimni asoslashga xarakat qiling.

5. O`z fikringizni bayon eting.

KEYSNI YECHISH JARAYONI:

1. Talabalar keys mohiyatinii u bilan tanishish kichik guruhda muhokama qilinadi.

2. Talabalar kichik gurux a`zolari bilan xamkorlikda muammoni xal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni va manbalarni aniqlaydilar.

3. Muamoni hal etishda dastlab o`quvchilarda bo`shliqlarni kelib chiqish sabablarini aniqlang va tizimlashtiring

4. Ushbu bo`shliqlarni to`ldirish asosiy yo`larini aniqlang.

5. Bo`shliqlarni to`ldirish yuzasidan berilgan fikrlar tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.

12-mavzu: Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida biologik ta’lim  mazmuni asoslari

KEYS TOPSHIRIG`I

1-Keys. Ma’lumki jamiyatdagi o`zgarishlar  ta’lim tizimiga bevosita  ta’sir  etadi.  Yangi O`zbekistonni  rivojlanishida  umumiy o`rta ta’limni 12 yillik tizimdan 11 yillik tizimga o`tkaziishi, o`rta maxsus kasb ta’limini  alohida talablar  asosida rivojlantirilishi biologiya  ta’limi   o`qiyilishi  holaatiga  ham bir qadar  ta’sir etdi.

Savol:

1. Biologiy ta’limini  tashkil etishda o`qituvchilarning faoliyatiga qday ta’sir ko`rstdi?

2. Biologiy fani mazmunini  o`quvchilar  tomonidan o`zlashtirilishiga qanday  ta’sir  etadi  deb o`ylaysiz?

3. O`quvhilarni kasbga yo`naltirishda muayyan o`zgarishlar bo`ladimi?

4. Umumiy o`rta ta’limni 12 yillik  va  11 yillik tizimini “T-sxema” usulida baholang.

TALABALAR UCHUN KO`RSATMA

1. Keys moxiyatini yetarlicha anglab oling.

2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillar va manbalarni aniqlang.

3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko`proq daxldor bo`lgan omilni ajrating.

4. Ushbu omillar asosida yechimni asoslashga xarakat qiling.

5. O`z fikringizni bayon eting.

13-mavzu: Biologik ta’limning maqsad va vazifalari. Biologik ta’lim komponentlari

KEYS TOPSHIRIG`I

1-Keys. Biologiya ta’limi standartida “O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qoyiladigan minimal talablar” dan keyin, IV-bo’lim “O’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qoyilgan maksimal talab”lar berilgan, O’quvchilarga maksimal ball yoki baho qoyishda har ikkala ya’ni minimal va maksimal tayyorgarlik darajasiga bo’lgan talablarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi e’tiborga olingan.

Savol:

  1. Bunga  asosiy  sabab nma?
  2. Hozirgi  vaqtda maktablarda Qaysi darajadgi o`quvchilar ko`proq tarbiyalanib  voyaga yetmoqda?

2-Keys. Biologiya ta’limi vazifalari nuqtai nazaridan ta’lim mazmunining murakkabligini minimallashtirish bir butunlikni, sistemalilikni, uzluksizlikni va o’zaro bog’liqlikni saqlagan holda olib boriladi.

Savol:

  1. Biologiya ta’limi vazifalari nuqtai nazaridan ta’lim mazmunining murakkabligini minimallashtirishda qayd etilgan  mazkur omillardan birortasi hisobga olinmasa biologiyaa  ta’limi  tizimida qanday o`zgarish bo`lishi  mumkin?
  2. Har bir omil yuzasidan fkrigizni izohlang.

TALABALAR UCHUN KO`RSATMA

1. Keys moxiyatini yetarlicha anglab oling.

2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillar va manbalarni aniqlang.

3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko`proq daxldor bo`lgan omilni ajrating.

4. Ushbu omillar asosida yechimni asoslashga xarakat qiling.

5. O`z fikringizni bayon eting.

KEYSNI YECHISH JARAYONI:

1. Talabalar keys moxiyatinii u bilan tanishish kichik guruxda muxakama qilinadi.

2. Talabalar kichik gurux a`zolari bilan xamkorlikda muammoni xal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni va manbalarni aniqlaydilar.

3. Muamoni xal etishda dastlab o`quvchilarda bo`shliqlarni kelib chiqish sabablarini aniqlang va tizimlashtiring

4. Ushbu bo`shliqlarni to`ldirish asosiy yo`larini aniqlang.

5. Bo`shliqlarni to`ldirish yuzasidan berilgan fikrlar taxlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.

14-mavzu: Biologik ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondoshuv.

KEYS TOPSHIRIG`I

1-keys.

Mutaxasislik fanlarni o`qitishda pedagoglarning kasbiy mahorati, kompitentligi, iqtidor va ish tajribasi  alohida ahamiyat kasb etadi. Pedagog qanchalik darajada kasbiy mahorati, kompitentligi, iqtidori va ish tajribasiga  ega bo`lsa, u  metodika talablarine o`z faoliyatida shunchalik qo`llaydi va samarali natijalarni erishadi.  .

Savol:

  1. Kompitentlik nima?  U sizda qay darajad?
  2. Pedagogik iqtidor nima? Uni  kompitentlikka  nima  aloqasi bor?
  3. Kelgusida o`zingizni  mahoratli  pedagog sifatida tasvirlang.

2-keys.

Hasharotlarning oyoq tiplarini tuzilishiga  doir keys topshirig`i.

1. Dars davomida hasharorlarning harakati kuzating?

2. Qaysi bankaning devorlarida un changlari ko`proq paydo bo`lganligi aniqlang?

3. Nima uchun bankalarning  birini devorida un changlari  paydo bo`ldi? Sababini tushintirib bering.

Kuzatish jarayonida, o`quvchilar, hasharotlarning oyog`ining uchlari, tirnoqlari qanday tuzilish (tip)da ekanligi bilan tanishib, keys topshiriqlarini bajaradilar,  xulosalarini daftarlariga qayd etadilar. (tajriba natijasiga  ko`ra uy pashshasi solinganidish  devorlarida un changlari paydo bo`ladi).

3-keys

“Ochofat ninachilar”

O`tloq va suv bo`yidagi  qamishzorlarda tez uchib  yuradigan  chiroyli ninachilarni uchratamiz. Ular butun yoz   bo`yi “sayr” qilib yuradi. Ninachi soatiga 104 km tezlikda harakat qiladi, bu tezlik qanotlarini sekundiga 30 marta  qoqishi bilan bog`liq. Ninachi  uchishi jarayonida murakkab harakatlar bajaradi – xuddi lochindek pastga  sho`ng`iydi, havoda umbaloq oshadi.  U barcha  hasharotlar ichida eng  “ochko`zi”  hisoblanadi. Ninachi 2 soatda 40 ta  pashshani, chivinni iste’mol qiladi.  U hatto uchib yurgan vaqtda  ham o`ljasini tutib yeya oladi.  Agar ninachini sherga qiyoslasak, sher bir ovqatlanganda bitta sigirni yeyishiga to`g`ri keladi. Endi kun bo`yi uchib yuradigan ninachi qancha pashsha chivinlarni iste’mol qiladi, buni  tasavvur  qilsa bo`ladi.   Ninachining buchalik “Ochofat” bo`lishiga  sabab nima? Siz  nima deb o`ylaysiz?

Savollar.

1. Ninachi qaysi turkumga  mansub?

2. U bir kunda  qancha hasharotni qirib bitirishi mumkin?

3. Ninachi foydalimi?

4. U iste’mol qilgan oziqasidan hosil bo`lgan energiyani organizmning qaysi  qismiga va  qanday  funksiyani  amalga oshirishga  sarflaydi?

O`qituvchi yechimi

1. Ninachilar turkumiga mansub.

2. Ninachi 2 soatda 40 ta hasharot iste’mol qilsa,  yozgi kun uzunligini  hisobga olgan holda ninachi yzda kunduz  kuni 15-16 soat uchib yuradigan va  bu vaqt davomida 300-320 ta hasharotni yeb bitiradi.

3. Foydali. U zararli hasharotlarni qirib foyda keltiradi.

4.  Yuqoridagi ma’lumotga asoslanadigan bo`lsak, iste’mol qilgan oziqasidan hosil bo`lgan energiya qanotlarini qoqish vazifasini bajaradigan muskullarga sarf bo`ladi.