3-modul: Darslik va dasturlar tahlili
8-mavzu: Biologiyadan davlat ta’lim standartlari
1-Keys. Umumiy o’rta ta’lim maktabida 8-sinf Odam va uning salomatligi fanidan “So’lak fermentining kraxmalga ta’siri” mavzusidagi laboratoriya mashg’ulotini o’tkazish uchun jixozlar yetarli emas (shtativ, suv hammomi, probirkalar). Shu bois laboratoriya mashg’ulotini o’tkazishni imkoni yoq.
Savol:
1.O’qituvchi ushbu vaziyatdan qanday chiqishi lozim?
2. Laboratoriya mashg’ulotini o’tkazishning yana qanday usullari mavjud?
Talabalar uchun ko`rsatma
1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillar va manbalarni aniqlang.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko`proq daxldor bo`lgan omilni ajrating.
4. Ushbu omillar asosida yechimni asoslashga xarakat qiling.
5. O`z fikringizni bayon eting.
KEYSNI YECHISH JARAYONI:
1. Talabalar keys mohiyati bilan tanishadilar va kichik guruhda muhokama qilinadi.
2. Talabalar kichik guruh a`zolari bilan xamkorlikda muammoni hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni va manbalarni aniqlaydilar.
3. Muamoni xal etishda dastlab biologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini aniqlang.
4. Virtual laboratoriyalarni yaratuvchi dasturlarni va mavjud virtual laboratoriyalarni olish imkoniyatini beruvchi saytlarni aniqlang.
5. Guruh a`zolari tomonidan berilgan fikrlar tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.
O`qituvchining yechimi
Hozirgi kunda Xalq ta`limi Vazirligiga qarashli Multimediya markazi va bir qancha xorij ta`lim muassasalari tomonidan Biologiya fanidan xar bir mavzu bo`yicha virtual laboratoriyalar yaratilgan. Ushbu virtual laboratoriyalar nazariy ma`lumotlar, laboratoriya ishi, video, audeolar, interaktiv o`yinlar, test va xar xil topshiriqlarni majmuihamda interfaollikdan iborat mustaqil ta`lim oluvchi maxsus dasturlardir. Yuqorida keltirilgan mavzu bo`yicha jixozlar yetarli bo`lmaganda virtual laboratoriyalardan foydalangan xolda dars mashg`ulotlarini olib borish mumkun. Bunda o`quvchi o`zi ham mustaqil bajarish imkoni mavjud. O`quvchi ko`rish, eshitish va mustaqil bajarish orqali biladi, tushunadi, amalda qo`llaydi, taxlil va sintez qiladi, hamda xulosa chiqaradi.
O`qituvchining o`zi ham maxsus virtual laboratoriyani yaratish imkonini beruvchi dasturlardan foydalanib virtual laboratiyalarni yaratishi mumkun. Buning uchun malaka oshirish davomida axborot texnologiyalari moduli bo`yicha amaliy mashg`ulotlarda faol ishtirok qilishi va Crocodile Biology dasturida bitta mavzu bo`yicha laboratoriya mashg`ulotini yaratish ko`nikmasini shakllantirishi lozim.
9-Mavzu: Biologiyadan fan dasturlarining mazmuni va tahlili.
KEYS TOPSHIRIG`I
1-Keys. 5-sinf botanika darsligining 67-betida piyozboshli o`simliklar haqida ma’lumot berilgan. Matnni diqqat bilan o`qing.
Savol:
O`simliklarni metamorfozi haqida berilgan bu matnda piyozni shakli o`zgargan poyaga mansubmi yoki shkli o`zgargan bargga mansubmi? Fikringizni izohlang.
1. Qaysi omillarga asosan ushbu bo`shliqlar paydo bo`ldi?
2. Ushbu bo`shliqlarni qanday bartaraf qilish mumkin?
10-mavzu: Biologiyadan darsliklar tahlili
KEYS TOPSHIRIG`I
1-Keys. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinf o‘quvchilari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan (To‘ldirilgan va qayta ishlangan to‘rtinchi nashr) O‘. Pratov, A. To‘xtayev, F.Azimova (Taqrizchilar: Sh. Kenjayev – Toshkent shahridagi 173-maktabning biologiya fani o‘qituvchisi, G.A. Shaxmurova – Nizomiy nomidagi TDPU «Biologiyani o‘qitish metodikasi» kafedrasi mudiri, b.f.n., professor.) avtorligidagi 5-sinf “Botanika” darsligi barchamizga ayniqsa, siz bo`lg`usi o`qituvchilarga, shuningdek repititorlik faoliyatini olib borayotgan o`qituvchi va talabalarga mazmuni va tuzilish shakli juda tanish. Lekin necha yillardan buyon maktablarda o`qitilayotgan darslikda muayyan xatoliklar mavjud. Sizga berilgan 5-sinf “Botanika” darsligining 3-beti (“So`z boshi”da) nusxasini o`rganib chiqing va quyidagi savollarga javob bering.
Savollar:
- “So`z boshi”ning matnida qanday xatolik bor? Aniqlang.
- Buni xatolik desa bo`ladimi?
- Agar xatolik bo`lsa nima sababdan bu qayta-qayta nashr qilingnda ham tuzatilmaydi? Obektiv va subektiv ssabablarini aniqlang.
- Mazkur savolarga o`z shaxsiy fikringizni yozing va izohlang.
Talabalar uchun ko`rsatma
1. Keys moxiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillar va manbalarni aniqlang.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko`proq daxldor bo`lgan omilni ajrating.
4. Ushbu omillar asosida yechimni asoslashga xarakat qiling.
5. O`z fikringizni bayon eting