2-modul. Biologik ta’lim yaxlitligi va uzviyligi
6-mavzu: Biologik ta’lim jarayonining yaxlitligi va tizimliligi
KEYS TOPSHIRIG`I
1-Keys. Maktabdagi biologiya o`qituvchisi juda qattiqqo`l edi. Uning darsida hamma jim o`tirardi. Sinfda faqat savolga javob beradigan o`quvchinigina ovozi eshtilar edi. Lekin shunga qaramay bu o`qituvchi dars o`tayotgan sinflardagi o`quvchilarning o`zlashtiris h darajasi past bo`lar edi.
Ikkinchi o`qituvchining darsida o`quvchilar goh shovqin qilishar, goh tinch bo`lib qolar edi. Bu sinf o`quvchilarida esa birinchi o`qituvchining o`quvchilariga qaraganda o`zlashtirish darajasi yuqorioq edi.
Savol:
- Qaysi omillar ushbu o`quvchilarning o`zlashtirish darajasiga ta’sir etgan?
- O`qituvchilar ta’limning yaxlitligiga qanday e’tibor berganligini aniqlang. Ularning faoliyatini baholang.
- Ushbu dars jarayonida qanday mummolar mavjud edi? Mavzuda o`rganganlaringizdan foydalangan holda ular ishtirokidagi didaktik jarayonni qaysi qismida kamchilik bo`lganligini aaniqlang va bu muammoni qanday bartaraf qilish mumkin? Fikringizni bayon qiling.
- Siz uchun qaysi o`qituvchinin faoliyati to`g`ri?
TALABALAR UCHUN KO`RSATMA
1. Keys moxiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillar va manbalarni aniqlang.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko`proq daxldor bo`lgan omilni ajrating.
4. Ushbu omillar asosida yechimni asoslashga xarakat qiling.
5. O`z fikringizni bayon eting.
KEYSNI YECHISH JARAYONI:
1. Talabalar keys mohiyatinii u bilan tanishish kichik guruhda muxokama qilinadi.
2. Talabalar kichik guruh a`zolari bilan xamkorlikda muammoni xal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni va manbalarni aniqlaydilar.
3. Muamoni xal etishda dastlab o`quvchilarda bo`shliqlarni kelib chiqish sabablarini aniqlang va tizimlashtiring
4. Ushbu muammolarni bartaraf etish yo`larini aniqlang.
5. Muammolar yuzasidan berilgan fikrlar tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.
7-mavzu
KEYS TOPSHIRIG`I
1-Keys. Bizga ma’lumki umumta’lim maktablarida biologiya darslarida laboratoriy mashg`ulotlarini o`tkazish uchun mikroskoplar yetishmaydi. Ayrim maktablarda bitta ham mikroskop yo`q, ayrim maktablarda esa bor mikroskopdan ham foydalanilmaydi. Laboratoriya darslarida o`quvchilar shablon qilingan (printerdan chiqarilgan) daftarga kitobdan ko`chirib, o`qituvchining ko`rsatmasini yozib qo`yadilar. Ayrim maaktablardagi biologiya o`qituvchilari bu laboratoriya ishlanmalarini o`quvchilardan yoddan so`rab, ularni “kerakli bilimlar” bilan qurollantiradilar, ayrmlari esa shuni ham amalga oshirmaydi. Unng o`rniga laboratoriya darslarida o`tilgn mvzularni takrorlatib, savol-javob qiladilar. Bu esa maktabdanoq biologiya fanini o`qitishda nazariy bilan amaliyot bog`lanmay qoladi. Bu o`z navbatida ta’limning sifatiga va samaradorligiga salbiy ta’sir etadi.
Savol:
- Qaysi omillarga asosan ushbu muammo paydo bo`ldi?
- Maktabdagi bunday sharoitda o`qituvchi o`zing faoliyatini, pedagogic faoliyatni, o`quvchilarning o`quv-bilish faoliyatini qanday tashkil etish kerak deb o`ylaysiz?
- Bunday sharoitda ta’limning qanday prinsip va qonuniyatlari buzilyapti?
- Siz shunday sharoitda ish boshlasangiz nima qilgan bo`lar edingiz?
- Ushbu muammolarni qanday bartaraf qilish mumkin?
TALABALAR UCHUN KO`RSATMA
1. Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillar va manbalarni aniqlang.
3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan ko`proq daxldor bo`lgan omilni ajrating.
4. Ushbu omillar asosida yechimni asoslashga xarakat qiling.
5. O`z fikringizni bayon eting.
KEYSNI YECHISH JARAYONI:
1. Talabalar keys mohiyatinii u bilan tanishish kichik guruhda muhokama qilinadi.
2. Talabalar kichik guruh a`zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin tayyorlaydigan omillarni va manbalarni aniqlaydilar.
3. Muamoni hal etishda dastlab maktabdagi bu muammoni kelib chiqish sabablarini aniqlang va tizimlashtiring
4. Ushbu muammolarni bartaraf etish yo`larini aniqlang.
5. Muammo yuzasidan berilgan fikrlar tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.
https://utube.uz/ru/video/919007e367e7b49 mazkur link bilan berilgan videodarsni kuring mikrokopni tuzilishi, ishlash prinsipini о‘rgatib, tushuntiring.
https://utube.uz/ru/video/c5d54df84e82e3f — aktiniyalarning yashash muhiti bilan tanishitiring
Rasmdagi obyektni aniqlang. U gulmi yoki…. Nomini aniqlang.
Rasmda qisqichbaqa, chig‘anoq, aktiniya berilgan. Ularning bir-biriga munosabatining turini aniqlang. Bunda qanday biologik qonuniyat aks etgan?
1. Chig‘anoq bu ikkala organizmga nima uchun kerak?
2. Aktiniya qisqichbaqaga nima uchun kerak? Aktiniya bо‘lmasa qisqichbaqaning hayotida qanday о‘zgarish bо‘ladi?