9. Hukm chiqarishga asoslangan topshiriqlar.
2 – topshiriq. K. Linneyning sistematika sohasida qayd etgan ijobiy va salbiy fikrlarini klasterda ifoda eting.
1. Karl Linney 10 mingdan ortiq o`simlik, 4200 dan ortiq hayvon turlarini tavsiflab berdi.
2. Turlarni avlodlarga, avlodlarni esa oilalarga, oilalarni turkumlarga, turkumlarni esa sinflarga birlashtirdi.
3. K.Linney zamonida esa biologiyaning juda ko`p sohalari hali rivojlanmagani sababli u o`simlik va hayvonlarning ayrim belgilarigagina asoslangan holda sun’iy sistema tuzdi.
4. U barcha o`simliklarni changdonlari soniga, changchi iplarining uzun – qisqaligiga va birlashishiga qarab 24 sinfga bo`ldi.
5. Hayvonlarni tuzilishiga ko`ra 6 sinfga bo`ldi.
6. Kelib chiqishi qon-qarindoshligi yaqin bo`lgan organizmlar boshqa – boshqa sinflarga, aksincha, kelib chiqishi, qon-qardoshligi har xil organizmlar bir sinfga birlashtirildi.
7. K.Linney osimlik, hayvon turlari o`zgarmaydi, degan.
8. Uning tomonidan tuzilgan sistema sun’iy bo`lsa-da, biroq mazkur faoliyat keyinchalik organik olamni atroflicha o`rganishga imkon berdi.
9. Binar nomenklaturani taklif etdi.
10. Birinchi marta sistematika faniga asos soldi.
3 – topshiriq. Jan Batist Lamarkning quyida berilgan evolyutsion g`oyalaridagi va salbiy jihatlarini klasterda ifoda eting.
1. Jan Batist Lamark evolutsiya haqidagi g`oyani ilgari surgan, evolutsion nazariyaga asos solgan.
2. Lamark fikricha, old mavjudodlar o`z-o`zidan anorganik tabiatdan paydo bo`ladi.
3. Sodda mavjudodlar tashqi muhit ta’siri ostida o`zgarib, davrlar o`tishi bilan murakkablashib, tuzilishi yuksak bo`lgan organizmlarga aylanadi.
4. Organizmlar evolutsiyasida vaqt asosiy omil sifatida muhim ahamiyatga ega deb aytgan.
5. Organizmlar murakkablashar ekan u old anima sababdan hozirgi vaqtda o`simlik va hayvonlar olamida oddiy mavjudodlar ham uchraydi, degan savolga javob berib, olim ular yaqindagina o`lik tabiatdan hosil bo`lgan va takomillashishga hali ulgurmagan, deb izoh beradi.
6. Lamark hayvonlar sistematikasi bilan ham shug`ullangan.
7. Olim hayvonlar quyi bosqichdan yuqori bosqichga ko`tarilar ekan, qayd etilgan organlar sistemasi murakkablasha borganligini e’tirof etdi.
8. Lamark K.Linneydan farqli ravishda tabiiy sistema tuzishga intildi.
9. Olim e’tirof etishicha, organizmlarning ozgarishi, organizmlarning takomillashishga bo`lgan intilishi, ikkinchi tomondan tashqi omillarning bevosita ta’siri tufayli amalga oshgan.
10. O`simliklar, nerv sistemasi yaxshi rivojlanmagan tuban hayvonlar, tashqi muhit ta’sirida to`g`ridan to`g`ri o`zgaradilar. Nerv sisitemasi tuzilishi murakkab bo`lgan hayvonlar esa bilvosita, ya’ni ularning talabi, qiliq-odatlari, organlarining mashq qilishi yoki qilmasligi natijasida o`zgaradi.
11. Lamark turlarning haqiqatan ham tabiatda real ekanligini tan olmadi.
12. Olim organik olam evolutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari – yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish ekanligini bila olmadi.