8. Klaster vositasida nazorat topshirig’i.
2 – topshiriq. Qadimgi Ynoniston va Rim olimlarini va ularning muhim evolyutsion fikrlarini quyidagi klasterda ifoda eting.
1. Barcha o’lik va tirik tabiat bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan olov, suv, havo, tuproqdan kelib chiqqan.
2. Hayvonlar klassifikatsiya asosini yaratgan.
3. O’simliklarning 400 dan ortiq turini o’rgangan.
4. Solishtirma anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki fikrlarini bayon etgan.
5. Dastlab hayvonlarning a’zolari, qismlari alohida-alohida paydo bilgan, so’ng ular «Muhabbat» ta’sirida o’zaro qo’shilib, organizmlarni hosil etgan.
6. Hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan.
7. Tibbiyot asoschilaridan biri bo’lgan.
8. Organlarning bir-biriga muvofiq qo’shilishidan normal, nomuvofiq qo’shilishidan esa anormal organizmlar rivojlangan. Oldingilar urchib nasl qoldirgan, keyingilari esa o’lib ketgan.
9. O`simliklarning tuzilishini, fiziologiyasini, amaliy ahamiyatini tasvirlab bergan.
10. Tabiat o`zgaruvchan, u doimo yangilanib turadi
11. Hayvonlarni klassifikatsiyalashda ayrim xossalarga emas, balki ko’p belgilarga e’tibor berish kerakligini e’tirof etgan.
12. Qo’y, it, ayiq va boshqa umurtqali hayvonlarning tuzilishini o’rgangan.
13. Maymun va odam tana tuzilishi o’xshashligini e’tirof etgan.
14. Barcha hayvonlarni ikkita katta guruhga: «qonlilar» va «qonsizlar»ga bo’lgan.
15. Olimning uqtirishicha meduza, aktiniya, bulutlar tuzilishi jihatidan bir tomondan hayvonlarga, ikkinchi tomondan o’simliklarga o’xshash. Ularni «zoofitlar» deb atagan.
16. Olam o’z-o’zidan paydo bo’lgan, hayvonlar nam yerdan kelib chiqqan, dastlab ularning mayib-majruh xillari, keyinchalik harakatlanadigan, oziqlanadigan, urchiydigan, dushmandan o’zini himoya qiladigan normal hayvonlar paydo bo’lgan, degan.
17. Fiziologiya sohasidagi tushunchalarida ba’zi xatoliklarga yo’l qo’yilgan.
18. Bir o’simlik turi boshqa turga aylanishi mumkin, degan fikrni quvvatlagan.
19. Olim fikricha, qonli hayvonlarning barchasida ichki organlar o’zaro o’xshash va bir xil joylashgan.
20. «Hayvonlar tarixi», «Hayvonlar tanasining qismlari» degan asarlarni yozgan.
Topshiriq javobi: Empedokl1,5,8.
Geraklit10
Aristotel2,4,6, 11,14,15,19,20
Teofrast3,9,18
Lukretsiy Kar16
Klavdiy Galen7,12,13, 17