6. Jarayonlarning ketma ketligini aniqlash uchun topshiriqlar.
2 – topshiriq. Genlarni klonlsh jarayoni bosqichlarining ketma – ketlik zanjirini tuzing
1. E. coli bakteriyasining DNKsini va shu bakteriya plazmidasini alohida idishlarda EcoRl restriktaza fermenti bilan ishlov beriladi.
2. DNK bo`laklarini elektroforez moslamasida katta kichikligiga qarab ajratiladi.
3. DNK molekulasida EcoRl restriktaza fermenti taniy oladigan maxsus nukleotidlar izchilligi qancha bo`lsa, shuncha bo`lakka bo`linadi.
4. Ferment plazmidaning halqasimon DNK ko`sh zanjirini fa`at bir joydan kesib, plazmidani «yopishqoq» uchli ochiq holatga o`tkazadi.
5. DNK bo`laklari maxsus bo`yoq bilan bo`yaladi.
6. Rekombinat plazmid hosil kilinadi.
7. Rekombinat plazmidli bakteriyalarda antibiotikka chidamlilik geni bo`lganligi sababli antibiotik ta’sirida o`lmaydi.
8. Ajratib olingan «yopishqoq» uchli DNK bo`lagi ochiq holatdagi «yopishqoq» uchli plazmid DNKsi bilan aralashtirilib ligaza fermenti yordamida tikiladi.
9. Bir xil kattalikdagi DNK bo`laklarini oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin.Plazmid tarkibiga xromosoma DNK bo`lagi kiritiladi.
10. Rekombinat plazmid plazmidsiz, ya’ni antibiotik ta’siriga chidamsiz bakteriyaga kiritiladi.
11. Elektroforez gelidan istalgan DNK bo`lagini suvda eritib ajratib olinadi.
12. Yot DNK bo`lagini bu usulda ko`paytirish genlarni klonlash deb ataladi.
13. Klonni tashkil etuvchi har bir bakteriyada yot (geterologik) DNK bo`lagi bor bo`lib, bakteriya biomassasi qanchalik ko`paytirilsa, yot DNK bo`lagi shunchalik ko`payadi.
14. Tajriba o`tkazilayotgan probirkaga antibiotik qo`shib rekombinant bakteriya kloni ajratib olinadi va ko`paytiriladi.
2 – topshiriqning javobi: 1; 4; 3; 2; 5; 9; 11; 8; 6; 7; 10; 14; 13; 12.
Ob’ektlarni taqqoslash uchun Venn diagrammasi.
Yuksak hayvonlarni klonlash usullarini taqqoslang va Venn diagrammasida ifoda eting.