2. ATAMALAR BILAN ISHLASH UCHUN O’QUV TOPSHIRIQLARI
2– topshiriq. Atamalar raqamini ularning ta`rifi bilan juftlang.
1 | Genotip | A | Meyoz bo‘linishda kon’yugatsiyalanadigan gomologik xromosomalarning xromatidlari o‘rtasida o‘xshash qismlar (genlar)ning o‘rin almashishi. |
2 | Geterozigota | B | Genotip (organizm) bilan tashqi muhitning o‘zaro ta’siri natijasida organizmda shakllanadigan barcha tashqi va ichki belgilar yig‘indisi. |
3 | Gomozigota | D | Bir genning har xil allellariga ega bo‘lgan zigota, organizm. |
4 | Gomologik xromosomalar | E | Belgi va xossani faqat gomozigota xolatda namoyon etuvchi gen. |
5 | Diduragay chatishtirish | F | Bir xil tuzilishga, allellarga ega xromosomalar |
6 | Dominant | H | Allel bo‘lmagan genlar bo‘lib, ular birgalikda ma’lum bir belgini rivojlantiradi, ya’ni to‘ldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. |
7 | Komplementar genlar | G | Organizm, hujayraning irsiy omillar yig‘indisi. |
8 | Krossingover | J | Bir genning bir xil allellariga ega zigota, organizm. |
9 | Retsessiv gen | K | Ikki juft alleli bilan farq qiluvchi organizmlarni chatishtirish. |
10 | Fenotip | L | Geterozigotada namoyon bo‘luvchi allel yoki belgi-xossa. |
Topshiriq javobi: 1 –G; 2 – D; 3 – J; 4 – F; 5 – K; 6 – L; 7 – H; 8 – A; 9 – E; 10 – B.