1 – topshiriq. Biodiktant matni:
1. Suyak qoldiqlari XX asrning 20-30-yillarida Keniyaning Rudolf ko’li atrofidan topilgan odamning qadimgi ajdodlari.
2. Ular miyasining hajmi, tana tuzilishi hozirgi zamon odamlarining tana tuzilishidan deyarlik farq qilmagan.
3. Tashqi tuzilishi jihatidan pitekantroplarga o’xshash bo’lib, ular juda faol hayot kechirganlar, chaqqon ovchi bo’lganlar.
4. 1980-yilda Janubiy Farg’onadagi Selengur g’oridan topilgan tosh qurollar ushbu mintaqada ibtidoiy odamlar yashagan degan xulosaga olib keladi.
5. Ular «uquvli odam» deb atalgan.
6. 1927—1937-yillarda Xitoyda topilgan odam ajdodlari.
7. O’zbekistonda Surxondaryo viloyatining Teshik tosh g’oridan ham topilgan odam ajdodlari.
8. Bu odamlarning bo’yi 180 sm gacha bo’lib, peshonalari keng, bosh miyasining hajmi 1800 sm3 gacha bo’lgan.
9. Sovuq sharoit ularga kiyimdan foydalanish zaruratini tug’dirgan. Ular o’zlari uchun kiyimlarni hayvonlarning terisidan tayyorlaganlar.
10. O’rmon-dasht, ochiq yerlarda yashaganlar hamda asosan go’sht bilan ovqatlangan odamning qadimgi ajdodlari.
Biologik diktant javobi:1) avstralopitek; 2) kromanon; 3) sinantroplar; 4) pitekantrop; 5)avstralopitek; 6) sinantroplar; 7) neandertal; 8) kromanon; 9) neandertal; 10) avstralopitek.
2 – topshiriq. Rasmlar ostiga organizmlar o`rtasidagi munosabatlarni to`g`ri joylashtiring.
(Mutualizm, sinoykiya, o`zaro raqobat, yirtqichlik, parazitizm, neytralizm)
Topshiriq javobi: 1 – neytralizm; 2 – parazitizm; 3 — o`zaro raqobat; 4 – sinoykiya;
5 – yirtqichlik; 6 – mutualism.
3 – topshiriq. Organizmlar o`rtasidagi munosabatlarni klasterda ifodalang.
1. Lishayniklar tanasida suvo`tlar bilan zamburug‘lar birgalikda yashaydi.
2. Hayvonlar o`simlik urug`larini tarqatadi.
3. Madaniy o`simliklarda zarpechak o`sadi.
4. Shira bitlari va chumoli munosabatlari.
5. Chuchuk suvda yashaydigan baliqlardan biri o‘zining tuxumlarini ikki pallali yumshoq tanli— tishsizning mantiya bo‘shlig‘iga qo‘yadi.
6. Daraxt po`stlog`ida lishayniklar o`sadi.
7. Dukkali o‘simliklar bilan azotfiksatsiyalovchi bakteriyalar munosabati.
8. Tropik o`rmonlarda daraxtlar tanasida epifit o`simliklar o`sadi.
9. Arixo`r qush arilar bilan oziqlanadi. 10. Mayda baliqlar yirik baliqlarga yopishib yashab, ulardan harakatlanishda foydalanadi, uning chiqindilari bilan ovqatlanadi.
11. Chumolilar ichagida bir hujayrali xivchinlilar yashaydi.
12. Yirtqich hayvonlardan qolgan oziq bilan ba`zi qushlar ham oziqlanadi.
13. Daraxtlar bilan tuproqda mikoriza zamburug‘larining o‘zaro munosabatlari.
14. Burgut toshbaqalarni ovlaydi.
15. G`oza o`simligida vertitsillium zamburug`i yashaydi.
16. Qoramollar o`t yo`lida jigar qurti yashaydi.
17. Infuzoriyalarning ikki turini bir xil sharoit va bir xil muhitda o‘stirilsa, biroz vaqtdan keyin ulardan faqat biri qoladi.
18. Sirtlon va tasqara o`lja talashadi.
19. G`oza, bug`doy va boshqa o`simlik urug`lari zich ekilganda, ular yorug`lik, namlik, ozuqa uchun kurashadi.
20. Odam og‘iz bo‘shlig‘ida amyobalarning bir turi- og‘iz amyobasi yashaydi.
21. Bo`ri va quyon munosabati.
22. Odam ichagida askarida yashaydi.
23. Akulalar mayda aliqlarbilan oziqlanadi.
24. Bir turga kiruvchi qushlar orasida urchish paytida uya qurish uchun joy tanlash bo`yicha kurash ro`y beradi.
Izohlashga doir topshiriqlar.
1. Kundalik ehtiyojlarga sarflanadi