14. Ob’ektlar va ularning organlarini guruhlash talab etiladigan topshiriqlar.
3 – topshiriq. Quyida berilgan hayvonlarning organlari orasidan aniqlang:
A) Qaysi organlar odam qo`lining gomologi?_____________________________
B) Qaysi organlar shimpanze qo`lining analogi? __________________________
D) Qaysi organlar mushukning burni va labining gomologi? _________________
E) Qaysi organlar kit o`pkasining gomologi? _____________________________
E) Qaysi organlar mushuk o`pkasining analogi? __________________________
F) Qaysi organlar mushuk yungining analogi? ____________________________
H) Qaysi organlar odam sochining gomologi? ____________________________
I) Qaysi organlar qisqichbaqa qalqonining analogi? ______________________
1. Shimpanzening qo`li. 15. Baliqning jabrasi.
2. Mushukning oldingi oyog`i. 16. Kaltakesaknin tangachalari.
3. Filning xartumi. 17. Toshbaqaning qalqoni.
4. Qushning qanoti. 18. Qushlarning patlari.
5. Ko`rshapalakning qanoti. 19. Tovuq oyog`idagi tangachalar.
6. Cho`chqaning burni. 20. Tipratikanning ignalari.
7. Pingvinning kurakoyoqlari. 21. Kapalak tanasidagi tuklar.
8. Qisqichbaqaning qisqichlari. 22. Sakkizoyoqning paypaslagichlari.
9. Chayonning qisqichi. 23. Tarantul tanasidagi tuklar.
10. Baqaning o`pkasi. 24. Yexidnaning tikanlari.
11. Kaptarning o`pkasi. 25. Otning burni va yuqori labi.
12. Suvqo`ngizning traxeyasi. 26. Kitning kurakoyoqlari.
13. Qisqichbaqaning jabrasi. 27. Otning oldingi oyoqlari.
14. Baqachanoqning jabrasi. 28. Gidraning paypaslagichlari.