13. Misollar keltirishga oid topshiriqlar1 – topshiriq. Tur mezonlarining mohiyatini va ularga misollarni joylashtiring.
Mezonlar mohiyati:
1. Bir turga kiruvchi individlarning tashqi va ichki tomonidan o’xshashligini ifodalaydi.
2. Har xil turga kiruvchi organizmlar o’zining kimyoviy tarkibi, oqsil, uglevod, peptidlar, nuklein kislotalar va boshqa organik moddalari bilan farq qiladi.
3. Mazkur mezon ostida har bir turga kiruvchi organizmlarning konkret muhit sharoitida yashashi, unga moslashganligini tushunish lozim.
4. Bir turga kiruvchi individlarda hayotiy jarayonlar, ayniqsa ko’payishning o’xshashligi bo’ladi.
5. Tur tarqalgan hudud katta yoki kichik, har joyda yoki yoppasiga bo’lishi mumkin.
6. Bu mezonda har bir turga xos xromosomalar soni, tuzilishi, maxsus bo’yoqlar bilan bo’yalishi tushuniladi.
Misollar:
1. Drozofilada 2 ta, bezgak chivinida va qora kalamushda ham 2 ta qiyofadosh turlar ma’lum.
2. Ayrim turlar, masalan, kanareykalar, terak va tollar, lovushqonlar o’zaro chatishishi va nasl berishi mumkin.
3. Har bir tur uchun DNK molekulalari va hujayradagi oqsillarning sifati va miqdori bilan farq qiladi. 4. Ba’zan ikki uch turning areali o’xshash bo’lishi yoki ba’zi turlarning ishg’ol qilgan areah nihoyatda keng maydonni egallashi mumkin
5. Dalalar, o’tloqzorlarda zaharli ayiqtovon, sernam yerlarda sudraluvchi ayiqtovon, daryo, ko’lmak chetlarida, botqoqliklarda achishtiradigan ayiqtovon turlari uchraydi.
6. Qora kalamushning ikkita qiyofadosh turining birida 38 ta, ikkinchisida 42 ta xromosoma bor.
7. Karam va turpda 18 tadan xromosoma bor.
8. Katta chittak va lazarevka chittagi.
9. Dehqon chumchuq va bog` dehqon chumchuq.
10. Ko`p bargli lyupin va sariq lyupin.
11. Yevropa va Sibir qoraqarag`ayi.
12. Qora kalamushlarning har xil sondagi xromosomaga ega turlari bor.