A
Amaliy bilim
– Nazariy olgan bilimlarni amaliyot davrida amalda mustahkamlash.
________________________________________
An`anaviy ta`lim
– -muayyan muddatga mo`ljallangan, ta’lim jarayoni ko`proq o`qituvchi shahsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modеlidir.
________________________________________
Axborot texnologiyasi
— maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
________________________________________
B
Buyurtma
– buyurish, da’vat etish.
________________________________________
D
Dars Tahlili
– dars kuzatuvi natijasida olingan taassurotlarning yozma shakli
________________________________________
Didaktik —
(boshqa-Grech. d9ακτικός «ta’lim») — ta’lim muammolarni o’rganish pedagogika va ta’lim nazariyasi bo’limi.
________________________________________
Didaktik o’yin
– bola ongida atrof muhit tabiat hodisalari bilan tanishib ko’nikmalar hosil qilishi
________________________________________
Didaktika
(boshqa-Grech. d9ακτικός «ta’lim») — ta’lim muammolarni o’rganish pedagogika va ta’lim nazariyasi bo’limi.
________________________________________
Dunyoqarash
— Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar to‘plamidir. Atrof-olamni anglashga harakat qilish natijasi o‘laroq kelib chiqadi. Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy bo‘lishi mumkin.
________________________________________
E
Eksperiment
(lot. yexreptepgshp — tajriba, sinab koʻrish) — fanda narsa va hodisalarni sezgipredmet faoliyati bilan tadqiq qilish, oʻrganish. Kuzatishga qaraganda yuksakroq bilish usuli.
________________________________________
F
Fakt
— keng ma’noda bu atama haqiqat uchun sinonim sifatida xizmat qilishi mumkin; voqea yoki natija; haqiqiy emas, xayoliy emas; umumiy va mavhum farqli o’laroq aniq va yagona
________________________________________
Fan yoki ilm-fan
ilmiy metod bilan toʻplangan bilimlarning tartibli tizimidir. FAN — dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri.
________________________________________
Fikr
– mulohaza — Muayyan shaxs, voqea-hodisa haqidagi, odatda, shaxsiy qaror, xulosa.
________________________________________
G
Guruh
– jamoa, birlashma
________________________________________
H
Hamkorlikda o’qitish
– mashg‘ulotlarining asosiy jarayonlari: hamkorlikda fikr almashish, suhbat, tahlil, munozara, muzokara, amaliy vazifalar bajarish, biror narsani qurish, yasash masalalar yechish va boshqalar. Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining tashkiliy shakllari: tarbiyachi — bola, tarbiyachi- kichik guruh, tarbiyachi — katta guruh, kichik guruh — kichik guruh, kichik guruh – bola va boshqalar.
________________________________________
I
Ilmiy tadqiqot
— yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos.
________________________________________
Ilmiy tadqiqot metodlari
— yangi bilimlarni ishlab chiqish jarayoni, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga obʼyektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim.
________________________________________
Interfaol metodlar
— deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi.
________________________________________
Iqtidor
– bu inson psixikasining butun umr davomida tizimli rivojlanuvchi sifati bо‘lib, insonning boshqa odamlarga nisbatan bir yoki bir necha sohada yuqori natijalarga erishish imkoniga ega ekanligi bilan belgilanadi.
________________________________________
K
Kasb – Hunar
– egallangan mahurat
________________________________________
Ko’rgazmali metodlar
– tarqatma materiallar, rasmlar video va boshqa bannerli, chizma materiallardan foydalanib dars o’tish
________________________________________
L
Loyihalash texnologiyasi
– Loyihalash texnologiyasining asosiy gʻoyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik. boʻlgan muammoni hal etish jarayonida koʻzlangan natijaga erishishdir.
________________________________________
M
Mantiqiy ishlash metodlari
— O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish … Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin
________________________________________
Matbuot-konferensiyasidan foydalanish
– Matbuot konferensiyasi — keng ommani qiziqtiruvchi masalalar yuzasidan davlat, jamoat, fan arboblarining matbuot vakillari bilan uchrashuvi, suhbat
________________________________________
Maʼlumot
(pedagogikada) — shaxsning oʻqish-oʻrganish natijasida oʻzlashtirgan bilim koʻnikmalari hajmi, yoʻnalishi va darajasi.
________________________________________
Metodika
— Texnika, qoida tariqasida, tayyor «retsept», algoritm, har qanday maqsadli harakatlar uchun protsedura. Texnika texnika va vazifalarni belgilash usulidan farq qiladi. Misol uchun, eksperiment ma’lumotlarini matematik qayta ishlash usul (matematik ishlov berish) va muayyan mezonlarni tanlash, matematik xususiyatlar — texnika sifatida tushuntirilishi mumkin.
________________________________________
Modul
– ta’lim mazmunining shunday bir yaxlit bo‘lagiki, u ta’lim mazmuni. va uning texnologiyasi birlashtirilgan yuqori darajadagi yaxlit tizimidir.
________________________________________
Modulli dars
– bu, bir nechta fan hamda kurslar o‘rganiladigan o‘quv rejasining bir qismi. U talabalarda ma’lum bir bilim va ko‘nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio ma’ruzalar o‘qiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil o‘rganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.
________________________________________
Modulli ta`lim
– Modulli ta’limda pedagog tinglovchining o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yo‘naltirilgan obyekt tomon mustaqil harakat qiladi. Eng katta urg‘u ham talabalarning mustaqil ta’lim olishiga qaratiladi. O‘quv jarayonida mustaqil ta’lim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda mutaxassislarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi hamda faolligini oshirishga olib keladi. Kredit-modul tizimida universitet talabalari har doim o‘qituvchi va kursdoshlaridan yordam hamda ¬maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
________________________________________
Muammoli izlanish metodlari
— asosan ijodiy o’quv-bilish faoliyati malakalarini rivojlantirish maqsadida qo’llaniladi, ular bilimlarni ko’proq tushunib va mustaqil egallashga yordam beradi.
________________________________________
Muammoli texnologiya
– Muammoli ta’lim texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish
________________________________________
Mustaqil ishlash metodlari
– olingan nazariy amaliy bilimlarni mustaqil ravishda egallash
________________________________________
N
Nazariy bilim
— bilimning biror sohasiga oid asosiy gʻoyalar tizimi; voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. N. borliqning muayyan sohasiga oid boʻlgan tajribalardan umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida kelib chiqadi. Ilmiy bilishda N.ning asosiy vazifasi tajribalar bergan dalillarni izohlash, shu bilan birga, narsa va hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirib borish, yuzaga keladigan yangi narsa va hodisalarni oldindan koʻra olishdan iborat.
________________________________________
Nazorat metodlari
— oraliq va yakuniy nazorat orqali bilimlarni tekshirish
________________________________________
O
Obyekt
— (lot. objectum — narsa, anjom) — falsafiy toifa, epistemologiya doirasida haqiqatda mavjud bo’lgan, kuzatuv (o’rganish) jarayonining va subyektning (kuzatuvchining) e’tibori qaratilgan predmet, voqea, hodisadir.
________________________________________
Og`zaki metodlar
– hikoya, rivoyat, kichik mazmunli og’zaki materialdan foydalanib dars o’tish.
________________________________________
Ongli Intizom
— kishilar, jumladan, mehnat jamoasi aʼzolarining jamiyatda tarkib topgan huquq va axloq meʼyorlariga, shuningdek, biron-bir tashkilot talablariga javob beradigan muayyan xulq-atvor va oʻzini tutishga oid tartibqoidalar.
________________________________________
O’qitish metodlari
– dars berish uslub va uslubiyot yig’indisi
________________________________________
O’qitish Prinsipi
— O`qitish prinsiplari ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to`g`ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
________________________________________
O’qitish texnologiyasi
– birinchidan, pedagogik texnologiyani jarayonli harakat aspektini anglatadi. Bu ta’lim jarayonini oʻzgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta’lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchi usul va vositalar (texnologik operatsiyalar)ning tartibli birligini oʻzida mujassamlashtirgan ta’lim modulini ishlab chiqadi
________________________________________
O’qitish uslublar
– turli xil yo’llar bilan darsni yetkazib berish metodikalar yig’indisi o`qitishning yangi yo`lini izlash, tushuntirishning oson usulini topish, qidirish dеgan ma’noni anglatadi.
________________________________________
O’z-o’zini nazorat metodlari
– o’z bilimlarini tekshirish metodi bo’lib o’quvchi o’z ustida ishlaydi.
________________________________________
P
Pedagogik jarayon
– dars jarayoni
________________________________________
Pedagogik texnologiya Pedagogik texnologiya yunoncha ikki so’zdan
— «texnos» (techne) — san’at, mahorat, hunar va «logos» (logos) — fan so’zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma’nosini anglatad
________________________________________
Pedagogika
atamasi qadimiy bo‘lib, „bola yetaklovchi“ degan maʼnoni bildiruvchi grekcha „paydogogos“ so‘zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning ko‘rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o‘z xo‘jayinining bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan, harbiy mahoratni oʻrgatgan tarbiyachini, yaʼni qullarni „pedagog“ (bola yetaklovchi) deb atashgan.
________________________________________
Predmet
— narsa— inson faoliyati va bilishi jarayonida obʼyektiv borliqdan alohida ajratib olingan bu-tun bir narsa. U moddiy (organizm, galaktika, elektromagnit maydoni va h.k.) va ideal (matematik formula, konsep-tual obraz) boʻlishi mumkin.
________________________________________
Prinsip
. lot. principium — asos, negiz; ibtido. 1 Biror nazariya, taʼlimot, dunyoqarash va sh. k. ning dastlabki, asosiy qonun-qoidasi; faoliyat uchun asos qilib olinadigan bosh goya,
________________________________________
Q
Qobiliyat
— insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Q. bilimdan keskin farklanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, Q. shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi.
________________________________________
Qo’llanma
– qo’llash fe’lining amaldagi ifodaviy hujjati, instruktsiya
________________________________________
R
Rag`batlantirish
— Rag’batlantirish metodlari O‘quvchilarni tarbiyalashda rag‘batlantirishning o‘rni katta. Rag‘batlantirish o‘quvchining ruhini, kayfiyatini ko‘taradi, ularni tetiklantiradi, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi, o‘z kuchiga ishonchini orttiradi.
________________________________________
Rivojlanish
-bu harakatdan va tabiatdagi o’zgarish va jamiyatdagi o’zgarish, bir sifatdan, davlatdan ikkinchisiga, eski va yangi narsalarga o’tish bilan bog’liq.
________________________________________
S
Samara
– foyda, oxirida olingan yaxshi natija, o’sish,rivojlanish
________________________________________
Syujetli-rolli
– o’quvchida o’z xatti harakatini kattalar xatti harakati bilan solishtirish, undan nusxa olish va unga o’xshatish
________________________________________
T
Tarqatma materiallar
– darsni tez o’zlashtirishga yordam beradigan qo’llanmalar
________________________________________
Tavsif
— mufassal taʼrif, baho; sifatlash, maqtash.
________________________________________
Ta’lim Tizimi
– ta’lim berish bo’yicha barcha materiallar jamlanmasi
________________________________________
Ta’lim yaxlitligi
— umumiy o‘rta ta’lim mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga tayanish; o‘qituvchilarning pedagogik tafakkurida qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi
________________________________________
U
Uzluksiz taʼlim
— oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan hamda soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va birbirini taqozo etuvchi bosqichlardan iborat yaxlit taʼlim tizimi.
________________________________________
X
Xususiy metodika
— muayyan o’quv intizomi bo’yicha o’qitish metodikasi. Maxsus texnika kafedraning muayyan o’quv intizomini o’qitish bo’yicha uslubiy tajribasini jamlaydi. Bu mashg’ulotlar ketma-ketligi va individual darslarning mazmunini ajratish, darsliklarda, o’quv qo’llanmalarida, kafedra tomonidan foydalaniladigan ta’lim vositalarida, o’qituvchilarning amaliy ishlanmalari, shu jumladan, ilmiy, didaktik tavsiyalarga asoslangan holda to’ldirilmoqda.