Amaliy mashg‘ulot mavzusi: O‘rgimchaksimonlarning xilma-xilligi.
Mashg’ulotning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarni o‘rgimchaksimonlar sinfi vakillarining tuzilishi, hayot kechirishi, umumiy xususiyatlari bilan tanishtirish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarni o‘rgimchaksimonlar sinfi vakillarining tuzilishi, hayot kechirishi, umumiy xususiyatlari bilan tanishtirish, ularning foydasi va zararini tushuntirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, gigenik va ekologik tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning tirik organizmlarning xilma-xilligi haqidagi bilimlarini, darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: O‘rgimchaksimonlar sinfi vakillarining tuzilishi aks etgan jadvallar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi (“Birgalikda o‘qiymiz” metodi)
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism
II. O‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o‘quv topshiriqlarini bajarishga yo‘llash.
III. Yangi mavzuni o‘rganish
a) kichik guruhlar tomonidan belgilangan o‘quv topshiriqlarini sifatli bajarilishiga erishish.
Mazkur mavzu matni quyidagi mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratiladi:
1. O‘rgimchaklar
2. Falangalar.
3. Chayonlar.
4. Kanalar.
Shu qismlar bo‘yicha o‘quvchilarning mustaqil ish topshiriqlari tuziladi:
1- guruh uchun o‘quv topshiriqlari
№ | O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlari | Topshiriqni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar |
1. 2. 3. 4. | Darslikdagi matnni diqqat bilan o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring: O‘rgimchaklarning hayot kechirishi, tuzilishi, oziqlanishini o‘rganing. Qoraqurtning hayot tarzini o‘rganing. Biy (tarantul)ning hayot tarzini o‘rganing. O‘rgimchaklarning qaysi vakillarining zahari odam va umurtqali hayvonlar uchun xavfli ekanligini aniqlang. | Darslikdagi matnni o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring |
2- guruh uchun o‘quv topshiriqlari
№ | O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlari | Topshiriqni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar |
1. 2. 3. 4. | Darslikdagi matnni diqqat bilan o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring: Sariq falangalar tuzilishini o‘rganing. Ularning tuzilishini o‘rgimchakning tuzilishi bilan taqqoslang. O‘xshashlik va farqni aniqlang. Sariq falangalar qanday oziqlanadi? Falangalarning qanday ahamiyati bor? | Darslikdagi matnni o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring |
3- guruh uchun o‘quv topshiriqlari
№ | O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlari | Topshiriqni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar |
1. 2. 3. 4. | Darslikdagi matnni diqqat bilan o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring: Sariq chayonning tashqi tuzilishini o‘rganing. U qaysi belgilari bilan o‘rgimchakka o‘xshaydi va farq qiladi? Chayon qachon ovga chiqishi va nimalar bilan oziqlanishini aniqlang. Chayonning ovqat hazm qilishini o‘rgimchakniki bilan taqqoslang. O‘xshashlik va farqini aniqlang. Chayonning ko‘payishi va ahamiyatini o‘rganing. | Darslikdagi matnni o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring |
4- guruh uchun o‘quv topshiriqlari
№ | O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlari | Topshiriqni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar |
1. 2. 3. 4. | Darslikdagi matnni diqqat bilan o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring: Kanalarning tashqi tuzilishini o‘rganing. U qaysi belgilari bilan o‘rgimchaklarga o‘xshaydi va farq qiladi? Mol kanasining hayot kechirishi, ko‘payishi va uning zararini aniqlang. O‘rgimchakkananing tuzilishi va oziqlanishini o‘rganing. O‘rgimchakkananing ko‘payishi va uning keltiradigan zararini aniqlang. | Darslikdagi matnni o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring |
O‘zlashtirgan bilimlaringiz asosida quyidagi jadvalni to‘ldiring.
O‘rgimchaksimonlar sinfi vakillari | Tana qismlari | Nafas olishi | Oziqlanishi | Ko‘payishi | Foydasi yoki zarari |
b) kichik guruhlar yordamida o‘quv materialining yaxlit holda qayta ishlab
chiqilishini amalga oshirish.
V. Yangi mavzu yuzasidan o‘quvchilar o‘rtasida savol-javob, o‘quv baxsi
uyushtirish.
VI. O‘quvchilar bilimini test topshiriqlari yordamida nazorat qilish va
baholash.
VII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
VIII. Uyga vazifa berish.
34-dars
Dars mavzusi: Zog‘ora baliqning ichki tuzilishi.
Darsning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarni baliqning ichki tuzilishi, ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish organlari va moddalar almashinuvining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarni baliqning ichki tuzilishi, ovqat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish organlari va moddalar almashinuvining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tabiatga nisbatan ijobiy munosabat tarkib toptirish, ekologik tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarning tirik organizmlarning xilma-xilligi, yashash muhitiga moslashish belgilari haqidagi bilimlarini, darslik ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Darsni jihozlash: Baliqning ichki tuzilishi aks ettirilgan jadvallar, makropreparatlar.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: xamkorlikda o‘qitish texnologiyasi (“arra” metodi)
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism
II. O‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o‘quv topshiriqlarini bajarishga yo‘llash.
III. Yangi mavzuni o‘rganish
a) “mutaxassislar” tomonidan belgilangan o‘quv topshiriqlarini sifatli bajarilishiga erishish.
Mazkur mavzu matni mantiqiy tugallangan fikrli quyidagi qismlarga ajratiladi:
- Baliqning ovqat hazm qilish sistemasi.
- Baliqning nafas olish organlari.
- Baliqning qon aylanish sistemasi.
- Baliqning ayirish sistemasi va moddalar almashinuvi.
1-guruh uchun o‘quv topshiriqlari
№ | O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlari | Topshiriqni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar |
1. 2. 3. 4. | Darslikdagi matnni diqqat bilan o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring: Baliqlar nimalar bilan oziqlanishini aniqlang. Baliqning ovqat hazm qilish sistemasi qanday organlardan iborat? Baliqda oshqozon vazifasini qaysi organ bajaradi va unga qaysi organlarning yo‘li ochilgan? Baliqning ovqat hazm qilish sistemasini lansetnikniki bilan taqqoslang. O‘xshashlik va farqini aniqlang. | O‘quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang O‘quvchilar bilan o‘tkazila-digan savol javobda faol ishtirok eting. |
2- guruh uchun o‘quv topshiriqlari
№ | O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlari | Topshiriqni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar |
1. 2. 3. 4. | Darslikdagi matnni diqqat bilan o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring: Baliqning nafas olish organlarining tuzilishini o‘rganing. Jabra qanday tuzilishga ega ekanligini aniqlang Jabra varaqchalarida gaz almashinuv jarayoni qanday sodir bo‘lishini aniqlang. Baliqning nafas olish sistemasini lansetnikniki bilan taqqoslang. O‘xshashlik va farqini aniqlang. | O‘quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang O‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan savol javobda faol ishtirok eting. |
3 — guruh uchun o‘quv topshiriqlari
№ | O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlari | Topshiriqni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar |
1. 2. 3. 4. | Darslikdagi matnni diqqat bilan o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring: Baliqning qon aylanish sistemasi qanday organlardan iboratligini aniqlang. Arteriya va vena qon tomirlariga ta’rif bering. Baliq yuragining tuzilishi va qon aylanish doirasini o‘rganing. Baliqning qon aylanish sistemasini lansetnikniki bilan taqqoslang. O‘xshashlik va farqini aniqlang To‘qimalarda gaz almashinuvi jarayoni qanday kechadi? | O‘quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang O‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan savol javobda faol ishtirok eting. |
4 — guruh uchun o‘quv topshiriqlari
№ | O‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlari | Topshiriqni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar |
1. 2. 3. 4. | Darslikdagi matnni diqqat bilan o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring: Baliqning ayirish organlarining tuzilishini o‘rganing. Baliqning buyragi qaerda joylashganligini aniqlang Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan zararli moddalar qanday chiqarib yuborilishini aniqlang. Moddalar almashinuvining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang. | O‘quvchilar guruhi bilan hamkorlikda ishlang O‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan savol javobda faol ishtirok eting. |
b) “mutaxassislar uchrashuvi ” guruhini tashkil etish va mazkur guruhlarda “mutaxassis”lar yordamida ukuv materialining yaxlit holda qayta ishlab chikilishini amalga oshirish.
V. Yangi mavzu yuzasidan o‘quvchilar o‘rtasida savol-javob, o‘quv bahsi uyushtirish.
VI. O‘quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash.
VII.Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
VIII.Uyga vazifa berish.