Mavzu: Botanika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘llari
Amaliy mashg‘ulotining maqsadi:
Talabalarni botanika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘llari bilan tanishtirish;
Mashg‘ulot davomida talaba:
- Botanika o‘qitish metodikasida berilgan darslarni tahlil qilishi va ularda foydalanilgan texnologiyalarning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi;
- Mavzular bo‘yicha berilgan dars ishlanmalari asosida har bir darsda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish yo‘llarini anglashi;
- Mazkur darslarda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarish ko‘nikmalarini;
- Darslarda ta’lim mazmuni, metodlari va vositalaridan uyg‘un ravishda foydalanish ko‘nikmalarini egallashi lozim.
Zarur jihozlar va qurollar: “Botanika” darsligi, dastur, DTS, Botanika o‘qitish metodikasi qo‘llanmasi;
Amaliy mashg‘ulotida foydalaniladigan texnologiya:
Modulli ta’lim texnologiyasining kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash metodi.
Amaliy mashg‘ulotining borishi:
1. Tashkiliy qism.
2. Talabalarni Amaliy mashg‘ulotining maqsadi, borishi, mustaqil bajariladigan o‘quv topshiriqlari bilan tanishtirish.
3. 5-sinf uchun yozilgan “Botanika o‘qitish metodikasi”ni tahlil qilish va darslarda foydalanilgan texnologiyalarni aniqlash.
4. 6-sinf uchun yozilgan “Botanika o‘qitish metodikasi”ni tahlil qilish va
darslarda foydalanilgan texnologiyalarni aniqlash.
5. “Poya” va “Yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limi” boblari bo‘yicha dars ishlanmalarini tahlil qilish.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi ikkinchi bosqichi uzluksiz ta’lim tizimida o‘qitiladigan barcha o‘quv fanlarini sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi. Shuni e’tiborga olingan holda 5 va 6-sinflarda“Botanika o‘qitish metodikasi” metodik qo‘llanmasida barcha darslar pedagogik texnologiyalar asosida loyihalangan.
Amaliy mashg‘ulotida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- 5-sinf uchun yozilgan “Botanika o‘qitish metodikasi”ni tahlil qilish
va darslarda foydalanilgan texnologiyalarni aniqlash.
- 6-sinf uchun yozilgan “Botanika o‘qitish metodikasi”ni tahlil qilish
va darslarda foydalanilgan texnologiyalarni aniqlash.
- “Poya” bobini tahlil qilish va darslarda foydalanilgan texnologiyalarni aniqlash;
- “Yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limi” bobini tahlil qilish va darslarda foydalanilgan texnologiyalarni aniqlash;
TALABALARNING KIChIK GURUHLARDA HAMKORLIKDA IShLAShLARI UChUN MODUL DASTURI
MODUL DASTURINING DIDAKTIK MAQSADI: Siz talabalar bilan hamkorlikda ishlab, botanikani o‘qitishda foydalaniladigan pedagogik texnologiyalarning o‘ziga xos xususiyatlarini bilishingiz, mazkur darslarda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish yo‘llarini o‘rganishingiz, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur.
O‘FE | Mustaqil bajarish uchun o‘quv topshiriqlari | Topshiriqni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar | baho |
1-O‘FE 15-min | Maqsad: 5-sinfda botanikani o‘qitishda foydalaniladigan pedagogik texnologiyalarni aniqlash; 1. 5-sinf uchun yozilgan “Botanika o‘qitish metodikasi”ni tahlil qiling va boblar bo‘yicha mavzularni o‘rganishda foydalaniladigan pedagogik texnologiyalarni aniqlang. 2. Mazkur darslarda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish yo‘llarini o‘rganing. 3. Mazkur darslarning borishini an’anaviy darsning borishi bilan taqqoslang. | Kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda ishlang Talabalar bilan o‘tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting | |
2-O‘FE 15-min | Maqsad: 6-sinfda botanikani o‘qitishda foydalaniladigan pedagogik texnologiyalarni aniqlash; 1. 6-sinf uchun yozilgan “Botanika o‘qitish metodikasi”ni tahlil qiling va boblar bo‘yicha mavzularni o‘rganishda foydalaniladigan pedagogik texnologiyalarni aniqlang. 2. Mazkur darslarda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish yo‘llarini o‘rganing. 3. Mazkur darslarda o‘quvchilarning bilish faoliyatini an’anaviy darslardagi faoliyat bilan taqqoslang. | Kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda ishlang Talabalar bilan o‘tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting | |
3-O‘FE 15-min | Maqsad: “Poya” bobini tahlil qilish va darslarda foydalanilgan texnologiyalarni aniqlash; 1. Mazkur bobni o‘rganishda foydalanish tavsiya etilgan pedagogik texnologiyalarni aniqlang. 2. “Shakli o‘zgargan yer osti novdalar Piyozbosh. Tugunak. Ildizpoya” mavzusidagi dars ishlanmasini tahlil qiling. 3. O‘quvchilarning kichik guruhlari uchun tuzilgan o‘quv topshiriqlarini tahlil qiling. Uni o‘quvchilar bajara oladimi? | Kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda ishlang Talabalar bilan o‘tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting | |
4-O‘FE 25-min | Maqsad: “Yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limi” bobini tahlil qilish va darslarda foydalanilgan texnologiyalarni aniqlash; 1. Mazkur bobni o‘rganishda foydalanish tavsiya etilgan pedagogik texnologiyalarni aniqlang. 2. “Yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limi”ni tahlil qiling va dars ishlanmalarini o‘rganing. 3. Mazkur darslarning borishi, o‘quvchilarning bilish faoliyatini an’anaviy dars bilan taqqoslang. O‘xshashlik va farqini aniqlab 1-jadvalni to‘ldiring. | Kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda ishlang Talabalar bilan o‘tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting | |
5-O‘FE 5-min | Maqsad: Modul dasturini yakunlash. 1. Modul dasturining didaktik maqsadini o‘qib chiqing. 2. Mazkur maqsadga qay darajada erishdingiz? 3. Amaliy mashg‘ulotidagi faoliyatingizni 5 balli tizimda baholang. 4. Agar o‘z faoliyatingizdan qoniqish hosil qilgan bo‘lsangiz metodik qo‘llanmalarda tavsiya etilgan mavzular bo‘yicha dars ishlanmasini loyihalang. 5. Agar o‘z faoliyatingizdan qoniqish hosil qilmagan bo‘lsangiz modul dasturi yordamida qayta ishlang. | Baho keyingi grafaga qo‘yiladi Mustaqil ish topshirig‘ingizni e’lon qiling |
1-jadval
Q/s | Taqqoslanadigan jihatlar | An’anaviy dars | Pedagogik texnologiyaga asoslangan dars | Farqi |
1. | Darsning borishi (bosqichlari) | |||
2. | O‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish | |||
3. | O‘qituvchining faoliyati | |||
4. | Pedagogik munosabatlar tipi |
Uyga vazifa: Metodik qo‘llanmalarda mustaqil loyihalash tavsiya etilgan
darslar bo‘yicha bitta dars ishlanmasini ishlash.