Mavzu: Biologiya (botanika) darslarida amaliy ishlarni  tashkil etish

 

Amaliy mashg‘ulotining maqsadi:

Talabalarni botanika darslarida tashkil etiladigan amaliy ishlarning mazmuni, ularda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish  bilan tanishtirish;

Mashg‘ulot davomida talaba: 

  1. Botanika darslarida tashkil etiladigan amaliy ishlarning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, ularda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo‘llarini  bilishi;
  2. Mazkur amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarda tarkib toptiriladigan ko‘nikma va malakalar, ular tarkibidan o‘rin olgan ish usullarni  anglashi;
  3. “Madaniy va yovvoyi o‘simliklar urug‘larining unuvchanligini aniqlash ko‘paytirish” mavzusida amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish metodikasi, o‘quvchilar­ning bilish faoliyatini tashkil etish, faollashtirish va boshqarish ko‘nikmalari;
  4. “Xona o‘simliklarini ko‘paytirish” mavzusida amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish metodikasi, o‘quvchilar­ning bilish faoliyatini tashkil etish, faollashtirish va boshqarish ko‘nikmalarini egallashi lozim.

Zarur jihozlar va qurollar: “Botanika” darsligi, xona o‘simliklari, bug‘doy, rediska urug‘lari, Petri likopchasi, “O‘simliklarning vegetativ ko‘payishi” jadvali, stakanda  suv, yog‘och tayoqcha, qumli tuvak.            

Amaliy mashg‘ulotida foydalaniladigan texnologiya:

Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining kichik guruhlarda ishlash metodi.

Amaliy mashg‘ulotining borishi:

1. Tashkiliy qism.

2. Talabalarni Amaliy mashg‘ulotining maqsadi, borishi, mustaqil 

   bajariladigan o‘quv topshiriqlari bilan tanishtirish.

3. “Madaniy va yovvoyi o‘simliklar urug‘larining unuvchanligini aniqlash ko‘paytirish” mavzusida amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish metodikasi bilan tanishish.

4. “Xona o‘simliklarini ko‘paytirish” mavzusida amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish metodikasi bilan tanishish.

5. Amaliy mashg‘ulotini yakunlash.

Botanikani o‘qitishda o‘quvchilar bilimi va ko‘nikmasiga qo‘yilgan talablar ichida muayyan ko‘nikmalar mavjud bo‘lib, ularni o‘quvchilar tomonidan egallashlari uchun albatta amaliy mashg‘ulotlarni talab darajasida tashkil etish zarur.

Mazkur ko‘nikmalar jumlasiga:

  • Yerni yumshatish, sug‘orish, chopiq qilish, ko‘chatlarni ko‘chirib o‘tkazish, o‘g‘itlash;
  • O‘simliklarni parvarish qilishni bilishlari, maktab va yashash joyini ko‘kalamzorlashtirishda qatnashishi, xona o‘simliklarini tanishi;
  • Qalamcha tayyorlashni va qalamchalardan ko‘paytirishni, payvandlashni;
  • Maktab oldi tajriba maydonchasida ishlashi, o‘simliklarning biolo­giya­siga oid bilimlarni ekinlarni parvarish qilishda qo‘llay olishini kiritish mumkin.

Shu sababli, botanikani o‘qitishda amaliy mashg‘ulotlar muhim o‘rin tutadi. O‘qituvchi amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishi uchun:

  • O‘quv dasturidan o‘rin olgan amaliy mashg‘ulotlarni aniqlashi;
  • Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tomonidan egallashlari lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni aniqlashi;
  • Mazkur ko‘nikma va malakalar tarkibiga kiradigan ish usullarini aniqlashi;
  • O‘quvchilar tomonidan bajariladigan amaliy ishlar uchun zarur bo‘lgan jihozlar va o‘quv topshiriqlarini tayyorlashi;
  • Amaliy mashg‘ulotni o‘tkazishda o‘quvchilar­ning bilish faoliyatini tashkil etish, faollashtirish va boshqarish yo‘llarini belgilashi lozim.

Botanika o‘quv dasturida “Urug‘” bobida “Madaniy va yovvoyi o‘simliklar urug‘larining unuvchanligini aniqlash ko‘paytirish” mavzusida amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish rejalashtirilgan kundan 10 kun avval o‘quvchilarga quyidagi topshiriqni beradi:

1. Bug‘doy va rediska urug‘ining har biridan 400 tadan sanab oling va ularni 100 ta qilib ajrating.

2. Petri likobchasiga bosma qog‘oz soling va namlang.

3. Petri likobchasiga 100 tadan urug‘ni 10 tadan 10 qator qilib joylashtiring.

4. Xuddi shu tarzda  bug‘doy va rediskadan 4ta Petri likobchasi tayyorlang. 

5. Urug‘larning ustini ham namlangan bosma qog‘oz bilan yopib issiq joyga qo‘ying va vaqti-vaqti bilan ularni namlab turing.

O‘quvchilar uyda yoki biologiya o‘quv xonasida ushbu tajribani qo‘yib, urug‘ning unish jarayoni ustida kuzatish olib boradilar.

Amaliy mashg‘ulot o‘tkaziladigan kun urug‘lar unib chiqqan bo‘lishi kerak.

Amaliy mashg‘ulotning tashkiliy qismida o‘quvchilarni bajariladigan ishning maqsadi va mazmuni bilan tanishtiriladi.

O‘quvchilar amaliy mashg‘ulot topshiriqlarini bajarish uchun quyidagi ko‘rsatma tayyorlanadi:

  1. Urug‘larning unib chiqishi uchun qanday sharoit zarurligini aniqlang.
  2. Urug‘larning unib chiqishi murtak, endosperm yoki urug‘pallaning qanday ahamiyati borligini aniqlang.
  3. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini yuqori bo‘lishi qanday omilllarga bog‘liq deb o‘ylaysiz?
  4. Nima sababdan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ini ekindan avval nima sababdan tozalanadi va saralanadi?
  5. Bug‘doy va rediska urug‘ining unib chiqqanlarini alohida-alohida sanang va quyidagi jadvalga yozing:
Bug‘doyRediska
Taj­ riba №Ekilgan urug‘lar soniUnib chiqqan urug‘lar soniTaj riba №  Ekilgan urug‘lar soniUnib chiqqan urug‘lar soni
1     
2     
3     
4     
Unib chiqqan urug‘larning o‘rtacha miqdoriBug‘doyUnib chiqqan urug‘larning o‘rtacha miqdoriRediska

Urug‘larning unuvchanligini quyidagi formula bilan aniqlanadi:

           A                                     Bu yerda A-  unib chiqqan urug‘lar soni;

X = ———— . 100%                 V-  ekilgan urug‘lar soni  

            B                                     X-  urug‘larning unuvchanligi

O‘quvchilar ko‘rsatmaga binoan, formuladan foydalanib, urug‘larning unuvchanligini aniqlaydi.

6-sinf “Botanika” o‘quv dasturida  “Madaniy o‘simliklar” mavzusini o‘rganishda “Xona o‘simliklarini ko‘paytirish” mavzusida amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish ko‘rsatilgan.

Ma’lumki, xona o‘simliklari asosan, vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiri­la­di. Mazkur mavzuni o‘rganishda o‘quvchilarning 5-sinfda o‘simliklarning vegetativ ko‘payishi haqidagi bilimlari yodga tushiriladi.

Xona o‘simliklaridan begoniya barglari, yorongul, fikus, kameliya, oleandr qalamchalari, aloe, tradeskansiya tupini bo‘lish yordamida, lola, liliyalar esa piyozchalari yordamida ko‘paytiriladi.

O‘qituvchi o‘quvchilarning xona o‘simliklarining turlari va ularni ko‘paytirish to‘g‘risidagi bilimlarini faollashtirgandan so‘ng, “Xona o‘simliklarini ko‘paytirish” mavzusida amaliy mashg‘ulotni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radi.

Amaliy mashg‘ulot uchun kerakli jihozlar: begoniya (begoniya korolevskaya) bargi, qum solingan yashik, oyna, preparoval pichoq, yog‘och tayoqcha, gul ekishga tayyorlangan tuproqli tuvakni tayyorlaydi.

Amaliy mashg‘ulot uchun o‘quvchilar bajaradigan ishlar yuzasidan ko‘rsatma quyidagicha tayyorlanadi:

  1. Begoniyaning yirik bargini kesib oling va uni oyna ustiga yuza tomonini yuqoriga qaratib qo‘ying. Yirik shoxlangan tomirlarni toping va ularni preparoval pichoq bilan kesing.
    1. Namlangan qum solingan yashikka begoniya bargini pastki tomonini qumga tegib turadigan holda joylashtiring. Yashik ichidagi havo nam bo‘lishi uchun uning ustini oyna bilan bekiting
    1. Yashikni yorug‘ va issiq (200S) joyga qo‘ying. Yashik ustidagi oynani har kuni ko‘tarib, shamollatish va qum nam bo‘lishi lozimligini unutmang.
    1. Tajriba qo‘yilgandan 3-4 haftadan so‘ng bargda  ildizli o‘simtalar pay­do bo‘ladi. O‘simtalar 3-5 sm ga yetgandan so‘ng, yosh o‘simliklarni asos bargdan ajratib oling. O‘simtalarni ajratayotganda ehtiyot bo‘ling, asos bargni kamroq jarohatlang, chunki undan yana yangi o‘simtalar paydo bo‘lishi mumkin.
    1. Ajratib olingan o‘simtalarni gul ekishga tayyorlangan tuproqli tuvak­ka o‘tqazing.
    1. Begoniyaning bargini bandi bilan kesib olib yaxlit holda ko‘paytirish ham mumkin bunda bitta bargdan bitta o‘simlik olish mumkin.

Amaliy mashg‘ulotning asosiy maqsadi bitta bargdan bir nechta o‘simlik olish sanaladi.  Shu sababli o‘qituvchi amaliy mashg‘ulot o‘tkazishdan 3-4 hafta oldin yuqorida keltirilgan tajribani o‘quvchilar yordamida tayyorlab qo‘yishi va o‘quvchilarga ularni parvarish qilish va kuzatish olib borishni topshirishi lozim.

TALABALARNING MUSTAQIL IShLARI UChUN O‘QUV TOPShIRIQLARI   

O‘FE O‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirish uchun o‘quv topshiriqlariTopshiriqni bajarish bo‘yi­cha ko‘rsatma
1-O‘FEMaqsad: Botanikani o‘qitishda amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasi bilan tanishish. Amaliy mashg‘uloti matnini o‘rganib chiqib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring: 1. Botanikani o‘qitishda o‘quvchilarda tarkib toptiriladigan ko‘nikmalarni aniqlang. 2. Mazkur ko‘nikmalar tarkibiga kiradi­gan ish usullarini aniqlang. 3. O‘qituvchi amaliy mashg‘ulot o‘tkazishi uchun qanday tayyorgarlik ko‘rishi lozim­li­gi­ni belgilang.   Kichik guruh a’zo­lari bilan hamkorlikda ishlang Talabalar bilan o‘tkazila­di­gan savol-javobda faol ishtirok eting
2-O‘FEMaqsad: “Urug‘ning unuvchanligini aniq­lash” mavzusidagi amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish metodikasini o‘rganish. 1. “Urug‘ning unuvchanligini aniq­lash” mavzu­si­dagi amaliy mashg‘ulotning didaktik maqsadini aniqlang. 2. Mazkur amaliy mashg‘ulotni  o‘tkazish meto­di­kasini o‘rganing. 3. O‘quvchilarning amaliy faoliyati qay yo‘sin­da tashkil etilganligini bayon eting.Kichik guruh a’zo­lari bilan hamkorlikda ishlang Talabalar bilan o‘tkazila­di­gan savol-javobda faol ishtirok eting
3-O‘FEMaqsad: “Xona o‘simliklarini ko‘payti­rish” mavzusi­da­­gi amaliy mashg‘ulotni o‘tkazish metodikasini o‘rganish. 1.“Xona o‘simliklarini ko‘payti­rish” mav­zu­sidagi amaliy mashg‘ulotning didaktik maqsadini aniqlang. 2. Mazkur amaliy mashg‘ulotni  o‘tkazish metodikasini o‘rganing. 3. O‘quvchilarning amaliy faoliyati qay yo‘sinda tashkil etilganligini bayon eting.Kichik guruh a’zo­lari bilan hamkorlikda ishlang Talabalar bilan o‘tkazila­di­gan savol-javobda faol ishtirok eting